Hindiston HHKga qarashli MiG-27 harbiy samolyoti Rajastan shtatidagi Jojxpur shahri hududida rejalashtirilgan parvoz paytida qulab tushdi. Bu haqda “Kommersant” xabar beradi.
“Tergov komissiyasi halokat sababini aniqlaydi”, — dedi rasmiylardan biri. U qiruvchi samolyot uchuvchisi katapulta uskunasidan foydalanib omon qolganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tish joizki, 2018-yil 4-sentabrda ham Hindiston HHK MiG-27 samolyoti Jojxpur shahri yaqinida halokatga uchragan edi.
Izoh (0)