Internetda Ukrainadagi prezident saylovlaridagi ovozlar bo‘yicha ilk tadqiqot natijalari shifrlangan ko‘rinishda paydo bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Ukraina.ru” xabariga ko‘ra, mahalliy jurnalist Igor Gujva ijtimoiy tarmoqqa saylovdagi ekzit-pol natijalarini ezop tilidan foydalanib joylagan.
Uning ma’lumotlari bo‘yicha, birinchi o‘rinda hozircha shoumen Vladimir Zelenskiy bormoqda, unga ukrainaliklarning 27—29 foizi ovoz bergan. Ikkinchi o‘rinda — Pyotr Poroshenko (16—17%), “Hayot uchun muxolifat platformasi” yetakchisi Yuriy Boyko — uchinchi o‘rinda (14—15,5 foiz). To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda — “Batkivshina” yetakchisi Yuliya Timoshenko (14—14,5 foiz) va Anatoliy Gritsenko (6—6,5 foiz).
Ta’kidlanishicha, bir vaqtning o‘zida bir nechta so‘rovlar o‘tkazilmoqda, ammo ular ozmi-ko‘pmi, bir-biriga o‘xshash.
Izoh (0)