Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Qarorga muvofiq, 2019-yil dekabr oyida Ogahiy tavalludining 210 yilligi mamlakat miqyosida keng nishonlanadi.
Shuningdek, Xiva shahrida Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati (Ijod maktabi) tashkil etiladi.
Ijod maktabiga o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.
Izoh (0)