Qirg‘izistonda mutaxassislar boshqa davlatlarga yetkaziladigan mevalar hajmini tahlil qilib, o‘z davlati eksportini qo‘shni davlatlarniki bilan taqqosladi. Bu haqda Repost xabar berdi.
Hozir kunda qishloq xo‘jaligi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun hamon eng muhim soha bo‘lib qolmoqda.
“Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ho‘l mevalar xalqaro savdosi bir maromida emas. Shu bilan birga, o‘rik, uzum, gilos va poliz mahsulotlari importi eksportdan sezilarli darajada yuqori. Tojikistonda esa ho‘l mevalar tashqi savdosi cheklangan, ammo ijobiy balansga ega”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston ho‘l mevalar tashqi savdosida Markaziy Osiyoda yetakchi hisoblanadi, eksport savdosi esa qo‘shni davlatlar ko‘rsatkichiga nisbatan taxminan 34 baravar yuqori.
Izoh (0)