Turkiya, Rossiya, Gruziya, Qozog‘iston singari mamlakatlarda malaka oshirgan farg‘onalik oshpaz Rustam Qurbonov 25 metrlik lavash tayyorladi, deya xabar berdi “Daryo” mobil muxbiri.
Rustam Qurbonov Toshkentda tayyorlangan 21,5 metrlik, Andijonda tayyorlangan 17 metrlik lavash rekordini yangiladi.
Buning uchun besh kilogramm bodring, besh kilogramm pomidor, 20 kilogramm go‘sht, 7,5 kilogramm chips, besh litr sous, 12 litr mayonez hamda 25 metr lavash xamiri kerak bo‘lgan.
Ushbu lavash tayyorlanishini kuzatish maqsadida 500 dan ziyod tomoshabinlar yig‘ilgan.
Rustam Qurbonovga 25 metrlik lavash tayyorlash uchun 20 ga yaqin yordamchi oshpazlar kerak bo‘lgan. 23 daqiqada tayyorlangan katta lavashni mutaxassislar o‘lchab ko‘rib, 24 metr 63 santimetr ekanini aniqlagan
Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona shahridagi “Festival burger” kafesida faoliyat olib borayotgan Rustam Qurbonov katta burger va pitsa tayyorlashni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)