AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “biror narsani imzolashga” tayyor turishi kerakligini ma’lum qildi. Biroq u nima haqida so‘z borayotganini aniqlashtirmagan.
-6k0QFQO3.avif)
“Endi prezident Zelenskiy o‘ziga kerak bo‘lgan barcha narsani olishi lozim, chunki u biror narsani imzolashga tayyor turishi kerak va menimcha, u bunga erishish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qilmoqda”, dedi Donald Tramp.
AQSH prezidentining qo‘shimcha qilishicha, Moskva ham , Kiyev ham mojaroni hal etishni istaydi. Shuningdek, u Vashington ayrim hududlarni “qaytarish” va “almashtirishni” taklif qilayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin oylar ichida tinchlik shartnomasi imzolanishi mumkin.
Bundan tashqari Tramp AQSH uch yarim yil davomida “jang olib borilayotgan hududlar” masalasini o‘rganayotganini ma’lum qilgan.
“Biz ularning ba’zilari qaytarilishiga, ayrim hududlar almashtirilishiga umid qilyapmiz. Bu murakkab masala. Ikkala tomon manfaati yo‘lida hududlar almashinuvi bo‘ladi. Biz bu haqda keyinroq, bugun yoki ertaga aytib beramiz”, deb ta’kidladi Amerika yetakchisi.
Bundan avval AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan 15-avgust kuni Alyaskada uchrashishni rejalashtirganini ma’lum qildi. Prezidentlar mojaroni uzoq muddatli hal etish variantlarini muhokama qiladilar.
Izoh (0)