• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va BAA o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi (foto)

    Abu-Dabi shahridagi “Qasr al-Vatan” saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Muhammad bin Zoid Ol Nahayon shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari davlat madhiyalari yangradi.

    Shundan so‘ng ikki davlat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi.

    Shavkat Mirziyoyev samimiy qabul va yuksak ehtirom uchun minnatdorlik bildirib, xalqlarning diniy-ma’naviy qadriyatlari mushtarak ekani, bu ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmat ruhidagi hamkorlikni rivojlantirishga asos bo‘lishini ta’kidladi.

    Birlashgan Arab Amirliklari tarixan qisqa davrda – ellik yilda sahro qo‘ynida mo‘‘jiza yaratib, iqtisodiyot, innovatsiya, savdo, moliya va turizm bo‘yicha dunyo markazlaridan biriga aylanganini, O‘zbekiston shu sohalarda hamkorlik qilish va tajriba almashishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

    Muhammad bin Zoid Ol Nahayon O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish, investitsiya muhitini yaxshilash va davlatning xalqaro nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992 yil 25 oktyabrda o‘rnatilgan. Yaqinda ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va muxtor elchisi tayinlandi.

    O‘zbekistonda BAA investitsiyalari ishtirokida 107 ta korxona faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu mamlakat firma va kompaniyalarining 28 ta vakolatxonasi ochilgan. Ular asosan to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari, meva konservalari, poligrafiya, ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida ish olib bormoqda.

    2018-yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi qariyb 400 million dollarni tashkil etgan.

    Davlat rahbari bu ko‘rsatkich avvalgi yillarga nisbatan o‘sgani, lekin tomonlarning salohiyatini hisobga olganda, yetarli darajada emasligini ta’kidladi. Shu bois muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni har tomonlama kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, bank-moliya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi amaliy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

    Joriy yil 12 mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-BAA hukumatlararo komissiyasining uchinchi yig‘ilishi natijalari ijobiy baholandi. Hukumatlararo komissiya oldiga yaqin yillarda o‘zaro savdo aylanmasi hajmini 1 milliard dollarga yetkazish, buning uchun tovar yetkazib berishni ko‘paytirish, xomashyoni qayta ishlash va qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.

    Ikki mamlakat o‘rtasida turizm sohasida ham ulkan salohiyat bor. Amirliklar aholisi buyuk allomalar maqbaralarini ziyorat qilish, tabiat manzaralaridan bahra olishga orzumand. O‘tgan yili BAAdan O‘zbekistonga kelgan sayohatchilar soni 1,5 barobar o‘sgan.

    Prezidentning yaqinda imzolangan farmoniga muvofiq, respublikada Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi. Bu O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida nafaqat turizmni rivojlantirish, balki savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikni yanada faollashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

    Kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama imzolangan hujjatlarni almashish marosimi bo‘ldi.

    O‘zbekiston Respublikasi va BAA o‘rtasida Qo‘shma bayonot qabul qilindi. Investitsiyalar, moliya, muqobil energetika, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, bojxona ma’muriyatchiligi, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlik bo‘yicha imzolangan hujjatlar almashildi. Umuman, tashrif doirasida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuvlarga erishilgani ma’lum qilindi.

    Shundan so‘ng, Prezident Shavkat Mirziyoyev va Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Samimiy muloqot chog‘ida siyosat, investitsiya, xavfsizlik sohalari yuzasidan fikr almashildi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, energetika va infratuzilma yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, fan-texnologiya va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

    Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati
    25.03.2019, 18:30   Izoh (0)   19420
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Markaziy Osiyoda meva eksport qilish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi

    25.03.2019, 18:00

    Farg‘onada 25 metrlik lavash tayyorlandi (foto)

    25.03.2019, 17:34

    Surxondaryoning Uzun tumani Nurobod qishlog‘idagi yo‘llar ahvoli (foto)

    25.03.2019, 17:22

    Buxoro viloyati IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

    25.03.2019, 16:12

    O‘zbekistondagi bir qator qo‘riqxonalar Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi

    25.03.2019, 16:10

    Abdulla Aripov Jarqo‘rg‘ondagi maktabga o‘z shaxsiy kutubxonasidan kitoblar sovg‘a qildi

    25.03.2019, 15:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sanksiyalar Rossiya aviatsiyasini falajladi: bir yilda faqat bitta samolyot ishlab chiqarilgan

    Dunyo | 10 avgust, 16:40

    “Tog‘lik kuyov” filmi orqali tanilgan aktor va kaskadyor Yo‘lchi Ortiqov 51 yoshida vafot etdi

    Madaniyat | 10 avgust, 16:11

    Britaniyaning yadro bombalari saqlanadigan bazasidan dengizga radioaktiv suv sizib chiqqan — maxfiy hisobot

    Dunyo | 10 avgust, 15:45

    O‘zbekistonda birinchi marta tungi yorug‘lik orqali iqtisodiy faollik baholandi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 15:05

    Tel-Avivda minglab aholi hukumatga qarshi namoyishga chiqdi

    Dunyo | 10 avgust, 14:17

    AQSH davlat kotibi Isroil–HAMAS muzokaralari izdan chiqishida Makronni aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 13:20

    Oylik 2,2 ming yevrogacha: o‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga ishga taklif etilmoqda

    O‘zbekiston | 10 avgust, 12:45

    “Xoh Rossiya bilan, xoh Rossiyasiz” Eron AQSH qo‘llovidagi Zangizor koridoriga qarshi chiqishini ma’lum qildi

    Dunyo | 10 avgust, 12:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.