23-mart kuni kechki vaqtda 37 yoshli Shahnoza O. ismli fuqaro doridan zaharlanish natijasida shifoxonaga yotqizildi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining “Xalq so‘zi”ga ma’lum qilishicha, fuqaro oddiy “Trimol” tabletkasidan 3 donasini iste’mol qilgan va shundan so‘ng o‘zini yomon his etgani sababli shifoxonaga murojaat qilgan.
24-mart kuni tongda xuddi shunday muammo bilan Elyor T. ismli fuqaro ham shifokorlarga murojaat etgan. Yosh yigit o‘zini yomon his qilgan va uning oldini olish uchun dorixonadan preparat sotib olib ichgan. Ammo u aynan qanday dori vositasini iste’mol qilganini eslay olmagan.
Shu kuni tushga yaqin 34 yoshli Gulnora B. ham doridan zaharlanib kasalxonaga yotqizilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ayol bir vaqtning o‘zida “Paratsetamol” va “Diazolin” dorilarini iste’mol qilgan.
IIBB fuqarolardan dori preparatlarini iste’mol qilishda faqatgina shifokor ko‘rsatmasi bilan ish tutishni va o‘zini-o‘zi davolashga urinmaslikni so‘rab murojaat qilgan.
Izoh (0)