Qozog‘istonda “Ak Jol” demokratik partiyasi raisi o‘rinbosari Kazbek Isa Petropavlovsk, Pavlodar va Semey shaharlariga ham boshqa nom berishni taklif qildi, deb yozadi Tengrinews.
O‘z fikrini u “Qozog‘iston — 2050” demokratik kuchlar umummilliy koalitsiyasi tomonidan poytaxtni qayta nomlashni qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.
“Qozog‘iston poytaxtiga elboshining ismini berar ekanmiz, biz boshqa nomlarni ham o‘zgartirish orqali bu voqeani davom ettirishimiz kerak. Petropavlovskka o‘z vaqtida uchta juzni birlashtirgan va o‘z o‘rdasini tashkil qilgan Abilay xan nomini berish kerak. Pavlodarni o‘z xalqining mustaqilligi uchun kurashgan qozoqlarning so‘nggi xoni Kenesarining nomi bilan atash kerak. Ilgari Alash deb atalgan Semeyga esa Alashorda hokimiyati raisi Alixan Bokeyxanovning nomini berish zarur”, — dedi Isa.
Izoh (0)