Norvegiyaning Brumundall aholi punktida balandligi 85,4 metr bo‘lgan yog‘ochdan yasalgan Mjøstårnet binosi qurildi, deb yozadi TJournal.
U butunlay mahalliy materiallardan tayyorlangan bo‘lib, dunyodagi eng baland yog‘ochdan yasalgan bino deb rasman tan olingan.
Bino qurilishida asosan kross-laminatlangan yog‘ochdan foydalanilgan bo‘lib, u ko‘p qavatli binolarni qurish uchun yetarlicha mustahkam hisoblanadi. U yonmaydi va o‘zidan zaharli moddalar ajratib chiqarmaydi.
Ko‘p tarmoqli ushbu 18-qavatli binoda turar joylar, mehmonxona, basseyn, ofis xonalari va restoran mavjud.
Izoh (0)