2019-yil 1-mart kuni Davlat Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Toshkent tumanidagi “G‘isht-Ko‘prik” bojxona chegara postida Hyundai Solaris rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirilganida, ushbu avtomashina Rossiya Federatsiyasidan o‘g‘irlanganligi aniqlangan va avtomashinani boshqarib ketayotgan A.G‘. qo‘lga olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligiga xabar berilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)