Joriy yilning yanvar—fevral oyida import hajmi 3,3 milliard dollarga (o‘sish sur’ati 30,3%) teng bo‘ldi. Bu haqda Spot xabar berdi.
Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (42,0%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (12,9%) hamda qora va rangli metallar (7,9%) guruhlari hisobiga to‘g‘ri keldi.
Joriy yilning yanvar—fevral oyida 90,5 million dollarlik yengil avtomobillar import qilindi, bu 2018-yilning shu davriga nisbatan deyarli 4 barobar ko‘pdir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yuk avtomobillari va maxsus avtomobillar import hajmi ham ortib, 98,7 million dollarni tashkil etdi.
Mashina va asbob-uskunalar asosan Xitoy (416,2 million dollar), Koreya (333,1 million dollar), Rossiya (122,9 million dollar), Turkiya (101,8 million dollar) va Hindistondan (69,4 million dollar) import qilingan.
Izoh (0)