• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Termizda tadbirkorning bino-inshooti buzilgan edi. U ikki yildan buyon sudma-sud sarson

    O‘zAda surxondaryolik tadbirkorning o‘zini qiynayotgan masala bilan sudma-sud sarson bo‘layotgani haqidagi maqola chop etildi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Bugungi kunda O‘zbekistonning har bir hududida bo‘lgani kabi, Surxondaryoda ham viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratish bo‘yicha ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, Termiz shahrida bunyod etilayotgan ko‘p qavvatli uy-joylar, dehqon bozori va savdo komplekslari, zamonaviy istirohat bog‘lari va boshqa ijtimoiy obyektlar xalq turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqdaki, bundan aholi mamnun bo‘lmoqda.

    Afsuski, ana shunday ulkan xayrli ishlar amalga oshirilayotgan bir paytda, ba’zi mutasaddilarning ko‘r-ko‘rona xatti-harakatlari, mas’uliyatsizligidan ayrimlar, ayniqsa, tadbirkorlar jabr ko‘rmoqda.

    Sudma-sud sarson bo‘layotgan tadbirkor nima dеydi?

    Termiz shahar hokimiyatining 2017-yil 29-maydagi K–1054-qarori bilan Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi “Ahmat Nur Sayrob” fermer xo‘jaligining Termiz shahrining aholi gavjum nuqtasidagi R.Soatov ko‘chasida joylashgan 500 o‘rinli to‘yxona, 200 o‘rinli oshxona va savdo do‘konlari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzdirilgan. Tadbirkorga tegishli buzdirilgan inshootlar o‘rni – 1,302,05 kvadrat metr yer maydoni Termiz shahar hokimiyatining 2017-yil 22-apreldagi 713-son qarori bilan “Surxon ipagi” MChJga berilgan.

    “Bir paytlari ushbu hududda eski Surxon zavodining yotoqxonasi joylashgan edi. Atrofida axlatxona, 4 dona yarim qurigan daraxtdan bo‘lak hech vaqo yo‘q edi. Biz u joyni qonuniy sotib olganimizdan keyin o‘tgan vaqtlar mobaynida atrofini obodonlashtirdik, ijtimoiy obyektlar barpo etdik. Keyinchalik bankning 200 million krediti va o‘z mablag‘larimiz hisobidan to‘yxona qurdik. Savdo nuqtamizda 20 nafarga yaqin ishchi doimiy ish bilan ta’minlangan edi. Termiz shahar hokimining 2017-yil 2-iyundagi 430/01-39-sonli ogohlantirish xati bilan buzib tashlandi. 2017-yil iyun oyida buzdirilgan mol-mulkimiz xolis baholovchi tomonidan 607,709,346 so‘mga baholandi. Mana, 1 yilu 9 oydan beri na kompensatsiya puli va na va’da qilingan shaharning aholi gavjum joyidan 1,302,05 kv.m. yer maydonidan darak yo‘q. O‘tgan vaqt mobaynida murojaat qilmagan joyimiz qolmadi. Sudma sud yurib ovorayu sarson bo‘lib yuribmiz” , – deydi “Ahmat Nur Sayrob” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Ahmad Tangriqulov.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Shikoyat arizalarimiz respublika Bosh prokuraturasidan viloyat prokuraturasiga, undan shaharga oshgani-oshgan. Prokuratura xodimlarining ham ish prinsipi kishini ajablantiradi. Shikoyat qilib borsak, sudga berishimizni maslahat qilishadi. Sudma sud sarson bo‘lib yurganimizni aytsak, “Biz sudning ishiga aralasholmaymiz, sud ishi tugasin, keyin ko‘ramiz”, deyishadi. Sud bizni himoya qilmay qaror chiqarganini ma’lum qilsak, sudning qarorini o‘zgartira olmasliklarini aytishadi.

    Xullas, boshi berk ko‘chada qolib ketdik. Xo‘jaligimizning soliqlardan qarzdorligi ortib bormoqda. Bankdan olingan kreditni ham qaytara olmayapmiz. Hatto, ishchilarimizning ham maoshidan qarzdorligimiz bor. Agar buzib tashlangan inshootlarimizdan chiqqan qurilish materiallarini o‘zimiz olganimizda edi, shularni sotib bo‘lsa-da qarzlarimizni bir muncha kamaytirib turardik. Ustiga-ustak, yonimizdagi transformatorni bir paytlari shahar hokimining xatiga ko‘ra sotib olib yangilagandi, endi bo‘lsa elektroset unga ham ega chiqib turibdi.

    Chindan ham, bugun shahrimiz kundan kunga chiroy ochmoqda. Ulkan bunyodkorliklarni ko‘rib quvonyapmiz. Rosti, savdo kompleksimizning buzdirilganidan xafa emasdim. Chunki uning o‘rnida islom olamida mashhur bo‘lgan bobokalonimiz Imom Termiziy nomi bilan jome masjidi hamda xalqaro ilmiy markaz bunyod etilyapti. Bundan quvonaman va bunday savob ishni qo‘llab-quvvatlayman. Biroq, shunday muborak nom bilan tabarruk maskan qurilishida bizni norozi qilishayotganidan, sudma-sud sarson bo‘layotganimizdan taajjubdaman. Endi suddan ham, u chiqaradigan qarordan ham umidim, ham ishonchim, qolaversa, sud ishi uchun to‘lanadigan davlat boji uchun pulim ham qolmadi. Birdan bir so‘nggi umidim Prezidentimiz, Hukumatimizning insonparvar siyosatidan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Oliy sudda haqiqat qaror topdi – tumanlararo iqtisodiy sudlarning qarori bеkor qilindi

    Qumqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining ish yurituvida da’vogar Boysun tumanida joylashgan “Ahmad Nur Sayrob” fermer xo‘jaligining javobgari Termiz shahar hokimiyatiga nisbatan “607,709,346 so‘m kompensatsiyani undirish hamda Termiz shahar hududidan 1,302,05 kv.m yer maydoni ajratib berish majburiyatini yuklash to‘g‘risida”gi da’vo arizasi yuzasidan dastlabki da’vo arizasiga qo‘shimcha da’vo arizasi kiritildi.

    Da’vogar “Ahmad Nur Sayrob” fermer xo‘jaligining da’vo arizasi yuzasidan qo‘zg‘atilgan 1902-171/138-son iqtisodiy ish Denov tumanlararo iqtisodiy sudida 2018-yil 16-mart kuni ko‘rilib, da’vogarning da’vo talabini rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilingan.

    Ish kassatsiya tartibida Qashqadaryo viloyat iqtisodiy sudining kassatsiya sudlov hay’ati tomonidan 2018 yil 13 sentyabirida ko‘rilib, Denov tumanlararo iqtisodiy sudining 2018-yil 16-martdagi hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirish to‘g‘risida kassatsiya qarori qabul qilingan.

    Ish nazorat tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan 2019-yil 16-yanvarda ko‘rildi. Bu holatlar sudlov hay’atining qarori bilan tadbirkor foydasiga aniqlandi. Oliy sudda Denov tumanlararo iqtisodiy sudining 2018-yil 16-martdagi hal qiluv qarori va Qashqadaryo viloyat iqtisodiy sudi kassatsiya sudlov hay’ati 2018-yil 13-sentabrdagi qarori bekor qilinib, ish yangidan birinchi instansiyada ko‘rish uchun Qumqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilgan. Mazkur iqtisodiy ishni ko‘rish 2019-yil 5-mart kuni boshlandi va ishni ko‘rish 2019-yil 12-mart kuniga qoldirildi. Mazkur sudda javobgar “Surxon ipagi” MChJdan vakil kelmagani hamda yana bir javobgar – Termiz shahar hokimiyatidan tashrif buyurgan vakilning sud ishida mas’uliyatsiz qatnashgani bois sud ishi yana boshqa kunga qoldirildi...

    Birim ikki bo‘lsin, dеgan tadbirkorning, tеskarisiga ikkisi o‘n bo‘ldi

    Tadbirkor dastlabki da’vo arizalarida iqtisodiy suddan – javobgarlardan Surxon ipagi” MCHJ hamda Termiz shahar hokimiyati zimmasiga 607,709,346 so‘m kompensatsiyani to‘lab berish va Termiz shahar hududidan 1,302,05 kv.m yer maydoni ajratib berish majburiyatini yuklashni so‘ragan. Garchi javobgar tomonidan tadbirkorga zarar yetkazilgan bo‘lsa-da, ular javobgarlardan zararni undirishni so‘ramagan. Biroq javobgarlar qonuniy ravishda to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya pullarini to‘lamadi, olib qo‘yilgan yer maydoni o‘rniga va’da qilingan yer maydoni ajratib bermadi. Salkam ikki yildan buyon tadbirkor o‘z faoliyatini yurita olmasdan, aksincha, sudma-sud sarson bo‘lib yuribdi. Oqibatda u ham moddiy, ham ma’naviy zarar ko‘rib kelmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi IPKning 13-moddasi 4-qismida tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, banklar o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishda qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektlarining foydasiga talqin etiladi, deb belgilangan.

    Da’vogar “Ahmat Nur Sayrob” fermer xo‘jaligining Termiz shahar R.Soatov ko‘chasida joylashgan “Chinor” nomli to‘yxonasi 500 kishiga mo‘ljallangan. Bir kishi uchun o‘rtacha 4 ming so‘mdan olinganda ham 500 kishi uchun kamida bitta to‘y bir kunda 2 million so‘m daromad keltiradi. Bu bir oyda 60 million so‘m daromad degani. Oshxona esa bir kunda kamida 1 million so‘m daromad keltiradi va bir oyda 24 ish kuni hisoblangan taqdirda 24 million so‘m daromad keltiradi. Da’vogar “Ahmat Nur Sayrob” fermer xo‘jaligining xususiy mulki bo‘lgan bino-inshootlardan Termiz shahar hokimiyatining aybi bilan 2017 yil iyun oyidan hozirgi kungacha foydalana olinmasdan kelmoqda. Bu ko‘rilgan zararlar qonun talabiga ko‘ra, Termiz shahar hokimiyati tomonidan to‘liq qoplab berilishi kerak emasmi?! Shu bois da’vogar tadbirkor sud ishiga qo‘shimcha da’vo arizasi bilan murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Unga ko‘ra, Termiz shahar hokimiyati tomonidan fermer xo‘jaligiga yetkazilgan zarar – 60 million so‘m x 21 oy = 1 million 260 ming so‘m. 24 million so‘m x 21 oy = 504 million so‘m. 1 million 260 ming so‘m + 504 million so‘m = 1 milliard 764 million so‘m.

    Jabrdiyda tadbirkor navbatdagi sud ishida kompensatsiya va yetkazilgan moddiy zararni to‘lash hamda Termiz shahar hududining aholi gavjum va savdo-sotiq uchun qulay bo‘lgan joydan 1,302,05 kvadrat metr yer maydoni ajratib berish haqida tadbirkor foydasiga chiqariladigan qarordan umidvor.

    18.03.2019, 11:54   Izoh (0)   19374
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri bosh prokurorga murojaat qildi

    18.03.2019, 11:01

    Samarqandda 2 ming dollarga “opiy” sotgan ayol qo‘lga olindi

    18.03.2019, 10:51

    O‘zbekiston samolyotlarida endi internet paketlarni sotib olib, plastik karta orqali to‘lash mumkin

    18.03.2019, 10:24

    Andijonda jinoyatchilikka qarshi faol kurashganlarga 138 million so‘m pul mukofoti bеrildi

    18.03.2019, 10:16

    Bosh prokuratura MIB faoliyati qayta ko‘rib chiqilishi kutilayotganini rad etdi

    18.03.2019, 09:15

    Toshkentda YPX inspektorlari yangi formani sinovdan o‘tkazayotgani tasdiqlandi

    18.03.2019, 08:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03

    Og‘ir jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 21:45

    Yevropada xavfli virus tarqalmoqda: o‘lim holatlari qayd etildi

    Dunyo | 3 avgust, 21:15

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.