• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar: Yangi Zelandiyadagi dahshat. Ichki ishlar xodimlarining yangi formasi. Kitob o‘qish bo‘yicha rekord qo‘ya olamizmi?

    O‘tgan hafta ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida ko‘p muhokama qilingan mavzular va eng yaxshi post, izohlar bilan navbatdagi dayjestimizda tanishtirishni boshlaymiz.

    Ijtimoiy tarmoqda nafaqat o‘zbekistonliklar, balki butun dunyoni titratgan voqea bu Yangi Zelandiyada juma kuni sodir etilgan dahshatli terrorchilik harakati bo‘ldi. Bir necha terrorchi juma kuni ikki masjidga qurollangan holda kirib, u yerga ibodat uchun kelgan namozxonlarni shafqatsizlarcha otib ketishi natijasida 50 nafarga yaqin inson halok bo‘ldi. Bu voqealarga butun dunyo o‘z munosabatini bildirdi. Terror nomiga la’natlar o‘qildi. Insonlar dinidan va irqidan qat’iy nazar terrorizmni qoralab, musulmon birodarlarga o‘z hamdardliklarini bildirib, ular bilan birga ekanligini aytdi. Quyida ushbu voqealarga doir munosabatlardan havolalar keltiramiz.

    Abdullayev Hamidullo

    Yangi Zelandiya bosh vaziri musulmonlarga hamdardlik bildirish asnosida payg‘ambarimizga salovat, Allohga hamd aytib o‘z nutqida davom etdi.

     
    Abdulhodiy Yusuf

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Kanadalik g‘ayrimusulmonlar juma vaqtida masjid atrofida bir qator turib musulmonlarni himoya qilib chiqishibdi. Alloh hidoyat bersin!

     
    Shahrom Rustamov

    Eng: This was left on the entrance of Husby mosque today. Beautiful act from our Christian friends.

    O‘zb: Oldimizdagi Masgid Husby masjidi oldiga gul qoldirib ketishibdi ushbu xat bilan. Odam sevindi buni ko‘rib:

    “Musulmon aka-opalarga: Yangi Zelandiyadagi terror amaliyotidan qattiq qayg‘udamiz. O‘zaro farqlarimizni qabul qilgan holda bu dunyoda birlikda yashashimiz nasib qilsin.

    Sizlarning nasroniy do‘stingiz”.

     
    Umar Avazov

    Gollandiyada yashaydigan Yangi zelandiyalik bu bola kecha juma namoziga gul ko‘tarib kelib, ko‘zida yosh bilan musulmonlardan uzr so‘rabdi. Videoni quyidagi havolada ko‘rishingiz mumkin.

     
    Xurshid Yo‘ldoshev

    Har qanday terror hujumidan maqsad odamlarda qo‘rquv uyg‘otish va bu qo‘rquvning uzoqroq va ta’sirliroq bo‘lishiga erishishdir. Yangi Zelandiyadagi terror hujumini videoga olib, tarqatishdan maqsad ham shu. O‘sha videoni ko‘chirvolib tarqatib, turli guruhlarga tashlayotganlar o‘sha terrorchining maqsadiga xizmat qilishyapti. Boshni ishlatinglar, bunchalik laqma bo‘lish kerakmas.

    Tasodifan biror yerda ko‘rsangiz mayli, yana uni tarqatib rohat olasizlarmi?

    15-mart kuni mudhish voqeadan keyin avstraliyalik islomofob, senator Freyzer Enning “musulmonlar o‘lgani bilan ularning ayblari kamayib qolmaydi, odatda ular jinoyatchi bo‘ladi”, degan edi. Bugun ushbu gaplariga izoh berayotgan paytda bir o‘smir bola uning boshini tuxum bilan “chaqib” qo‘ydi.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook
    Galina Nam

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook
    Gamilton shahrida yuzlab odamlar masjidda o‘ldirilgan musulmonlarni xotirlashga chiqib, islomofoblarni qoralamoqda.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Xayrulla Hamidov

    Ta’ziya

    Osmon qarab turdi, yer chidab turdi,Vahshiylik to‘niga burkandi lain.Og‘ir bir sukunat suqilib kirdi,Zotan o‘lim haqu, oqibat tayin...

    Dilni moziy quchgan xun o‘ti yedi,Butun bashariyat tutindi guvoh —Bu gul qismatlarning hayoti edi,Kompyuter o‘yini emasdi, evoh.

    Bilaman, milliard g‘ichirlar tishlar,Qo‘llar bug‘moq istar ul sharafsizni:Allohning uyida bo‘ldi bu ishlar,Allohning uyida, eshityapsizmi?!

    Ochildi jamiki oriy pardalar,Olam o‘z iqrorin sochdi oxiri:Qiyomat jumada kelar, derdilar,Bugun sodir bo‘ldi kichik zohiri.

    Yig‘ladim onamni yo‘qotgan kabi,Singlimdan ayrilgan akadek, do‘stlar.Allohning yoniga ketdi talabiAllohning O‘zini tanigan ko‘zlar.

    Birgina, birgina yupanchim shulki –Bari o‘ch, bari xun yotur g‘alvirda:Hali hammasini qiyomat tongiKo‘ramiz Maydonda, jonli efirda!

    * * *

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 15-mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystchyorch shahridagi ikkita masjidga millatchi, terrorchilarning bostirib kirib, namozxonlarni o‘qqa tutishi oqibatida yuz bergan fojia qurbonlari haqqiga Qur’on tilovati qilishni tavsiya qildi.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Terrorning millati yo‘q, dini yo‘q, u barcha davrda, barcha xalq va din kishilari tomonidan la’natlanadi. Ushbu jirkanch terroristik hujum dunyoni yana bir bor terrorizmga qarshi birlashtirganiga guvoh bo‘ldik, ilohim dunyoda tinchlik bo‘lsin, bitsin terrorizm!

    Ichki ishlar xodimlari yangi kiyim oldi

    Ichki ishlar xodimlarining yangi formalari jamoatchilikka taqdim etildi. Ijtimoiy tarmoqda yangi forma haqida turli qarashdagi postlar yozildi.

    Xamza Jumayev

    IIV xodimlarining yangi formasi menga yoqdi. Agar ular ozishsa material ancha ekonom bo‘ladi. Bu budjetga foyda...

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”
    Telegram’dagi “Troll.uz” kanali ham bunga atab post qoldirdi.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”
    Aziko Madaminov

    Endi Germaniyadan turist kelsa o‘z uyidek his qiladi, lekin Isroildan kelsa g‘alati bo‘lishadi. Aytdim qo‘ydimda...

    Siz ham rekord kitobiga kirishingiz mumkin!

    Respublika yosh ijodkorlar kengashi O‘zbekistonni ovqat borasida emas, kitobxonlik borasida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritish niyatida loyiha boshlabdi. Bu haqda kengashning Telegram-kanali xabar qildi.

    “Mening kitobxon yurtim” megaloyihasi o‘z qahramonlarini chorlaydi!

    Dunyoni kitobing bilan zabt et, O‘zbekiston! “O‘tkan kunlar”ing bilan yorug‘ kelajakka yuzlan!

    10-aprel soat 17:00 da poytaxtimizning “Paxtakor” stadioniga jam bo‘lib, olamshumul voqeaga o‘zing guvoh bo‘l!

    Ginnesning rekordlar kitobiga O‘zbekiston nomi muhrlanadigan kun minglab o‘zbekning bir safda bo‘lishidan mag‘rurmiz!

    10-aprel — Abdulla Qodiriy tavallud topgan kuni Toshkentda yangi dunyo rekordi o‘rnatilishi mumkin!

    Shu kuni Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani o‘qiladi va eng ko‘p tinglovchi auditoriyasini yig‘ish bo‘yicha dunyo rekordi yangilanadi. Avvalgi rekord 2018-yil 3-mart kuni Hindistonda o‘rnatilgan. Maxarashtra shtatidagi rekordda 6 ming 786 nafar kitobxon ishtirok etgan.

    Rekord ishtirokchisi bo‘ling va kitob o‘qish, uni tinglashni targ‘ib qiling!

    O‘zbekiston turizmi yana Yevropa futbolida reklama qilindi
    Erkin G‘aybullayev

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Navbat La Liga’ga!!! Yashavor “O‘zbekturizm”!

    O‘zbekiston brendi Ispaniya futbol maydonlarida paydo bo‘ldi!

    * * *

    “‎Xalq bilan muloqot” guruhiga qo’yilgan post biroz kinoyali bo’lsa ham, undagi maqsad ko‘pchilikka yetib borishi uchun dayjestimizda keltirishga qaror qildik. Yigitlar, haqiqatan ham, yaxshi emas qizlarga joy bermasdan bezrayib o’tirib olish!

    Sitora Alimova‎

    Bilamizki, metroning “Amir Temur xiyoboni” va “Paxtakor” bekatlarida vagondagi opa yosh bolali, nogiron va yoshi katta yo‘lovchilargalarga joy berishni taklif etadi. Iltimos, shu joyga “O‘g‘il bolalar, jentlmen bo‘lib, qizlarga ham joy beringlar” deb qo‘shib qo‘ysin. Rahmat!

    Telegram’da nima gaplar?

    Bloger Nozim Safariy o‘zining Safariy kanalida yaxshi post yozibdi.

    “Xira moviy nuqta”

    1990-yil 14-fevral kuni Yerdan 6 milliard kilometr masofada Voyager 1 kosmik kemasidan olingan Yer sayyorasining fotosurati.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Suratdagi mana bu nuqtaga e’tibor bilan qarang. Xuddi shu yer, shu yer bizning uyimiz! Mana shu — biz! Yaqin kishingiz, siz tanigan-bilgan, ko‘rgan-eshitgan — hammasi shu yerdan makon topgan. Mutaassib dindorlar, minglab mafkurayu iqtisodiy ta’limotlar, insoniyat tarixida o‘tgan har bir termachi-yu ovchi, qahramon-u qo‘rqoq, tamaddunlar bunyodkori-yu vayronkori, olam sarvari atalmish podshoh-u oddiy bir dehqon, oshiq-u ma’shuq, ota-ona-yu ularga umid to‘la ko‘zlarini tikkan farzand, mashhur ixtirochi-yu izlanuvchi, axloq peshvosi-yu nobop siyosatchi, “super yulduz”u “oliy rahnamo” — barcha-barchasi shu yerda — Quyosh shu’lasida suzib yurgan girdibodda umr kechiradi.

    Zamin — ulkan koinot bag‘ridagi mitti sahna. Shon-shavkat va g‘alaba ilinjida daryo-daryo qon to‘kkan general-u imperatorlarni eslang. Ular ana shu girdibodning birgina zarrasiga oniy fursat egalik qila olgan, xolos. Ayni shu “nuqta”ning bir puchmog‘ida umr kechiruvchi insonlar uning boshqa tomonida yashovchi o‘zlaridan deyarli farq qilmaydigan turdoshlariga mislsiz zo‘ravonliklar qilgani, ular o‘rtasida tushunmovchilik naqadar odatiy hol ekanini, bir-birining qoniga qanchalar tashna bo‘lganiyu bir-biriga nafrati ko‘kka o‘rlaganini bir mulohaza qilib ko‘ring. Ana shu miltirab turgan shu’la bu dunyodagi munofiqligu manmanliklarimiz, koinotdagi eng nufuzli mavqe bizga tegishli degan soxta tasavvurlarimiz asosini larzaga keltirsa ne ajab…

    Karl Sagan, astrofizik, publitsist

    Twitter olamiga qisqa sayohat qilamiz.

    https://twitter.com/Umid_Esperanca/status/1106468098788507649

    https://twitter.com/Aslanov_K/status/1106980403053768707

    https://twitter.com/_mak_tub_/status/1106991851456942083

    O‘tgan haftaning so‘ngidagi asosiy mavzularni siz azizlarga yetkazishga harakat qildik, lekin biz qo‘yib ulgurmagan minglab postlar qolgani haqiqat. Ular bilan navbatdagi dayjestlarimizda tanishtirishda davom etamiz, siz esa bizni kuzatishda davom eting.

    Isroil Tillaboyev tayyorladi.

    18.03.2019, 18:11   Izoh (0)   23627
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda ko‘chada yalang‘och yechinib olgan erkak tadbirkor emas, ruhiy kasal bo‘lgan

    18.03.2019, 18:05

    Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Buxoroda chang aralash kuchli shamol kuzatildi (foto)

    18.03.2019, 16:52

    O‘zbekistonda Qozog‘istonning yangi elchisi tayinlandi

    18.03.2019, 16:17

    O‘zbekistonda dollar va yevroning rasmiy kursi qimmatladi

    18.03.2019, 16:08

    3 yoshli Islombekning oqqonni yengishiga hissa qo‘shaylik

    18.03.2019, 16:02

    Qarshi davlat universiteti professorlari Jahon bankining 2 milliard so‘mlik grantini qo‘lga kiritdi

    18.03.2019, 15:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nukusda yuzdan ortiq o‘qituvchidan pora olgan maktab direktori o‘rinbosari ushlandi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 08:39

    Tramp Eronga hujum rejasini tasdiqladi, biroq yakuniy buyruqni bermadi — WSJ

    Dunyo | 19 iyun, 08:31

    Dunyodagi 2025-yilda yashash uchun eng qulay shahar ma’lum qilindi

    Dunyo | 19 iyun, 07:30

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00

    Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:50

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.