Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidlarda yuz bergan otishma natijasida to‘rt kishi qo‘lga olindi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: Google Images

Mahalliy politsiya to‘rt erkak va bir ayolni qo‘lga olgan. Qo‘lga olinganlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berilmagan.

Shuningdek Yangi Zelandiya huquq-tartibot idoralari xodimlari bir nechta portlovchi vositalarni topgan.

Avvalroq, OAVda “An-Nur” masjidida 28 yoshli avstraliyalik Brenton Tarrant o‘q uzgani haqida xabar berilgan. U o‘z nuqtayi nazarini manifest bilan tushuntirgan.