• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda ko‘chada yalang‘och yechinib olgan erkak tadbirkor emas, ruhiy kasal bo‘lgan

    Joriy yilning 15-mart kuni “Ozodlik” radiosining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida “Andijonlik tadbirkor hokimga qip-yalang‘och yechinish bilan norozilik bildirdi” sarlavhasi ostida maqola e’lon qilindi. Unda 12-mart kuni Andijon viloyatining Asaka shahar markazidagi Najmiddin Kubro ko‘chasida joylashgan Paynet budkasini buzish talabi bilan Asaka shahar hokimi kelgan paytda do‘koncha egasi biznesini saqlab qolish uchun norozilik tariqasida qip-yalang‘och bo‘lib yechinib, yo‘lga yotib olgani haqida so‘z boradi.

    Foto: Telegram

    Ushbu maqola va kiyimsiz holatda yerda yotgan yigitning surati tarmoq foydalanuvchilari orasida qizg‘in bahs-munozaralarni keltirib chiqardi va bu hamon davom etmoqda. Ayrimlar hokimni qoralasa, ba’zilar yalang‘och holatdagi yigitga nisbatan salbiy fikrlarni bildiryapti. Hatto “Bu yigit sog‘lom emasdir”, degan mazmunda o‘z mulohazasini bayon qilganlar ham yo‘q emas. Mazkur holatga aniqlik kiritib, tadbirkor bilan suhbatlashish maqsadida “Daryo” muxbiri jurnalistik surishtiruv olib bordi.

    “Ma’lumotlar yolg‘onligidan hayron bo‘ldim”

    Surishtiruv boshida Najmiddin Kubro MFYga qarashli Amir Temur ko‘chasidagi Paynet budkasiga borib, u yerda fevral oyidan buyon ishlayotgan Boburbek Mirzayev ismli yigitni suhbatga tortdik:

    — Ishonsangiz, bir necha kundan beri ko‘plab odamlar kelib, “Paynet’ingni oldida bir yigitni yechintiribsan. O‘zi nima bo‘ldi?”, deya turli savollar berishyapti. O‘zim internetga kam kiraman. Kuni kecha bir tanishim internetga chiqqan rasm va maqolani ko‘rsatdi. Ochig‘i, maqoladagi fikrlarni o‘qib, hayron bo‘ldim. Barchasi yolg‘on. Bu yerda ishlayotganimga bir yarim oy bo‘ldi. Biror marta hokimiyatdan kimdir kelib, budkani buzishimiz shartligini aytgani yo‘q. Hech kim bezovta qilmagan. Yalang‘och yechingan yigit kimligini bilmayman ham. Lekin uni o‘zi yechinganini ko‘rdim.

    Yigit yechinib yotib olgan budka oldidagi joy.

    Yigit yechinib yotib olgan budka oldidagi joy.
    Foto: “Daryo”

    O‘sha kuni tushlikdan keyin u yigit mana bu to‘rt ko‘chaning o‘rtasiga quloqlarini qo‘llari bilan berkitib olib, o‘tirib oldi. Bir zumda mashinalar tirbandligi hosil bo‘ldi. Shu payt mazkur hududning ichki ishlar noziri Oybek aka Matiz’ida yigit oldiga kelib, to‘xtadi va unga bir nimalar deb gapirib, mashinasida do‘konim oldiga keldi. Men bu manzarani budkamdan chiqmagan holda kuzatganligim bois gaplarini eshitolmadim. Oybek aka mashinasidan tushmasidanoq ko‘cha o‘rtasida o‘tirgan yigit kiyimlarini yecha boshladi. Bundan men ham hayron bo‘ldim. Odamlar ko‘p edi. Ulug‘bek aka uni oldiga yugurib bordi va bir amallab yo‘l chetiga, ya’ni mashinasi oldiga olib keldi. Mashinaga solmoqchi bo‘ldi. Biroq u tinchlanmay, bunga ko‘nmay, yechinishda davom etib, yerga yotib oldi. Hech qancha vaqt o‘tmay, yana bir IIB xodimi mashinada tashrif buyurdi. Oybek akaning mashinasiga yigitni zo‘rg‘a solishdi va keyin uni qayergadir olib ketishdi. Qolgan narsadan bexabarman. Ijtimoiy tarmoqlarga chiqib ketgan rasmda Matiz’ni ham ko‘rish mumkin. O‘sha avtoulov Oybek akaniki edi. Kimdir ko‘chaning narigi yuzidan bu holatni rasmga olgan shekilli. Lekin nima bo‘lganda ham boshqa bir odamni asossiz gaplar bilan yechingan paytidagi suratini internetga chiqarib yuborish aqlga sig‘maydigan ish. Bu nafaqat Asaka, Andijon yoki O‘zbekiston, balki butun musulmonlar uchun ham uyatli manzara.

    Foto: “Daryo”

    “Ukam hech qanday tadbirkor emas”

    Shundan so‘ng biz suratdagi yigit kim ekanligiga aniqlik kiritdik. U 1984-yilda Asaka shahrida tug‘ilgan (yigitning ismi tahririyatga ma’lum). Uning to‘ng‘ich opasi bilan suhbatlashdik:

    — Biz umuman boshqa mahallada yashaymiz. O‘sha kuni ukam u taraflarga nima ish bo‘yicha borganini bilmayman. Ammo bu holat sodir bo‘lmasidan yarim soat avval gaplashganimda holati yaxshi edi. U 2014-yili ruhiy salomatligida muammo yuzaga kelgani tufayli viloyat psixonevrologiya shifoxonasida davolangan va ro‘yxatda turadi. Biz bu haqda mahalla-ko‘y, tanish-bilishlarga uyalib, oriyat ustun kelib, indamay yurgandik. O‘shanda shifokorlar ukamga asabiylashmaslikni, uni qattiq siqilishdan saqlashimizni, yo‘qsa yana kasali qiynashini aytishgandi. Ukam oilali va bir nafar qizi bor. Ammo kelinimiz bilan kelisholmaganligi uchun xotini vaqtincha ota-onasi bilan yashayotgandi. Shu kunlarda ularni uyimizga qaytarib olib kelish niyatida yurgandi. Balki shaxsiy hayotidagi ushbu holatlar bo‘yicha chuqur o‘y-fikrda bo‘lgani boismi, uni yana kasali bezovta qilgandir. Ukam hech qanday tadbirkor emas. Ayni paytda ishsiz. Unga aloqasi yo‘q ma’lumotlar va yechingan holatdagi rasmi internetga chiqib ketganini mahalla ichki ishlar noziridan eshitdim. To‘g‘risi, juda ham qattiq ranjidik. Internetda tuhmat xabarlar bilan ovoza qilgan insonlarga ham jazo bordir.

    Ukam 15-martdan beri viloyat psixonevrologiya shifoxonasida statsionar tartibda davolanyapti. Holati yaxshilanyapti. Uning rasmi internetga chiqib ketganini o‘ziga aytmoqchi emasmiz. Negaki u bu paytda o‘zida bo‘lmagan. Ertaga tanish-bilishlar oldida yuzi shuvut bo‘lishini istamaymiz. Shu bois uning ismi-familiyasi, yashash manzilimizni sizlar ham yozmay qo‘yaveringlar iltimos.

    “2014-yilidan beri nazoratda turadi”

    Yechinib yerga yotib olgan yigit to‘g‘risida ma’lumot olish maqsadida Andijon viloyati psixonevrologiya dispanseri bosh vrachi Oybek Buvabekovga ham yuzlandik:

    — U 2014-yildan beri dispanserimiz nazoratida turadi. U statsionar tartibda 2014-yilning 8-aprelidan 10-mayiga qadar davolangan. Unga bipolyar affektiv buzilish, gipomaniyaning joriy ko‘rinishi tashxisi qo‘yilgan. 2017-yilning iyul oyida ham 10 kun davolangan. Uning kasalligi ko‘rinishi bemorlarda kayfiyatning ko‘tarilib ketishi, ulug‘vorlik vasvasasi, harakatlarning noadekvatligi, uyqusizlik va o‘zi qilayotgan xatti-harakatlariga tanqid yo‘qolishi bilan kechadi. O‘zini-o‘zi nazoratga ololmaydi. Shifoxonamizga 15-mart kuni ruhiy holati qayta o‘zgarib qolganligi sabab yana davolanishga yotqizildi. Hozir u kechayu kunduz shifokorlar nazoratida.

    Biz surishtiruv mobaynida Asaka tumani hokimi o‘rinbosari, Asaka shahar hokimi Xursandbek Yo‘ldoshevning ham ushbu holat yuzasidan fikrlarini olmoqchi bo‘ldik. Ammo u qo‘ng‘iroqlarimizga javob bermadi.

    18.03.2019, 18:05   Izoh (0)   240378
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Buxoroda chang aralash kuchli shamol kuzatildi (foto)

    18.03.2019, 16:52

    O‘zbekistonda Qozog‘istonning yangi elchisi tayinlandi

    18.03.2019, 16:17

    O‘zbekistonda dollar va yevroning rasmiy kursi qimmatladi

    18.03.2019, 16:08

    3 yoshli Islombekning oqqonni yengishiga hissa qo‘shaylik

    18.03.2019, 16:02

    Qarshi davlat universiteti professorlari Jahon bankining 2 milliard so‘mlik grantini qo‘lga kiritdi

    18.03.2019, 15:49

    Uzun tumani Davlat xizmatlari markazi yangi binoda ish boshladi (foto)

    18.03.2019, 15:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya sobiq prezidentining rafiqasi korrupsiyada ayblandi

    Dunyo | 6 avgust, 11:05

    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

    Reklama | 6 avgust, 10:30

    Kinotavsiya: sevib tomosha qilinadigan 7 ta fransuz komediyasi

    Kino | 6 avgust, 10:58

    Raqobat qo‘mitasi Yandeks Market reklamasi ishi bo‘yicha Uzum Market foydasiga qaror chiqardi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 10:45

    Indoneziya aviakompaniyalariga O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlariga parvoz qilish huquqi berildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 10:24

    Generallar Putinga Ukraina mudofaasi 2-3 oyda qulashiga va’da berdi — Reuters

    Dunyo | 6 avgust, 10:08

    Nima uchun Buyuk Britaniyada qirollik to‘y tortining bir bo‘lagi saqlab qo‘yiladi?

    Shou-biznes | 6 avgust, 09:58

    “Manchester Siti” himoyachisi Vitor Reys faoliyatini La Ligada davom ettiradi

    Sport | 6 avgust, 09:52

    Ukraina Rossiyaning yangi atom suvosti kemasi haqidagi ma’lumotni qo‘lga kiritdi

    Dunyo | 6 avgust, 09:48

    Xitoyda chivin orqali yuqadigan kasallik O‘zbekistonda tarqalmaydi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 09:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.