Facebook ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirilgan BBC videomurojaati ostida Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev nomidan izoh qoldirilgan.
Shu munosabat bilan qo‘mita matbuot xizmati DSQ raisi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida sahifalarga ega emasligi, mazkur izoh feyk akkaunt tomonidan qoldirilganini bildirdi.
DSQ rahbariyati Facebook mutasaddilari, shuningdek, tegishli davlat organlariga soxta nom ortiga yashiringan kishilarning shaxsini aniqlash, shuningdek, ularni javobgarlikka tortish yuzasidan murojaat qilgan.
Izoh (0)