9-mart kuni soat 17:30 da O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bo‘limiga xabar kelib tushdi, deb yozadi Toshkent shahar IIBB.
Xabarda ma’lum qilinishicha, 23-yanvar kuni soat 17:00 da 48 yoshli mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari Bobir B. va 64 yoshli Levon Ye. 43 yoshli Ma’mura G.ga 2 dona brilliant xarid qilishni taklif etgan. Brilliant sifatida esa hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan ikkita qora toshlar ko‘rsatilgan. Oldi-sotdi vaqtida jabrlanuvchidan 15 ming AQSh dollari olayotganda ular qo‘lga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining xulosasiga ko‘ra, toshlar qimmatbaho hisoblanmaydi va hech qanday qiymatga ega emas.
Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-modasi 4-qismi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)