Bugun, 12-mart kuni Toshkentda O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Majlisda Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiyot vaziri Sulton bin Said Al Mansuriy Prezident Shavkat Mirziyoyevning bu yilda BAAga amalga oshirajak tashrifi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishiga umid bildirdi.
– Biz Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘ladigan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz, – dedi Sulton bin Said Al Mansuriy. – Umid qilamizki davlatingiz rahbarining Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirajak tashrifi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiyot vaziri o‘z chiqishida ikki tomonlama hamkorlik sohalarini kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish borasida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqishni ham taklif etdi.
Sulton bin Said Al Mansuriyning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat Birlashgan Arab Amirliklari uchun iqtisodiy lokatsiya hisoblanadi va BAAning iqtisodiy, investitsiyaviy rejalarida O‘zbekiston bilan iqtisodiy sheriklik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish masalalari ham o‘rin olgan.
Izoh (0)