Moskva xonadonlaridan birida topilgan “maugli qiz” gapira boshladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Uning gapirganini Bashlyayeva nomidagi bolalar klinik kasalxonasi bosh shifokori Ismoil Osmanov aytgan.
U, shuningdek, qizcha barcha gapni tushunayotgani va aytilgan ishni qilayotganini ham ta’kidlab o‘tgan.
“Qo‘g‘irchoqning ko‘zlarini, burnini, quloqlarini ko‘rsatyapti. O‘zinikini ham ko‘rsata olyapti. Lekin, aftidan, kuchli yoki surunkali stress ta’sirida qizcha biroz muddat gapirmay qo‘ygan. Ma’lum bir so‘zlarni hozir talaffuz qila boshladi”, — deydi shifokor.
Shifokorning aytishicha, qizcha kulyapti va ismini aytganda qarayapti, ammo dush qabul qilishdan hozircha qo‘rqmoqda.
Izoh (0)