Kolumbiyaning markaziy qismida ro‘y bergan aviahalokatda 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Laser kompaniyasiga tegishli Douglas DC-3 samolyoti San-Xose-del-Guavyare shahridan Vilyavisenso shahriga yo‘l olgandi.
San-Martin aholi punkti hududida uchuvchi dispetcherlarga bortdagi favqulodda holat haqida xabar berdi va shoshilinch qo‘nishga harakat qildi. Biroq bu urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Qurbonlar orasida Tarayra aholi punkti meri, uning eri va qizi borligi bildirilmoqda.
Izoh (0)