Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yosh koinot go‘zali” tanlovining sobiq g‘olibi Lotte Van Der Zi yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

 

Lotte Van Der Zi / Instagram

Lotte Van Der Zi / Instagram

The Sun nashriga ko‘ra, gollandiyalik model oilasi bilan Avstriyadagi tog‘-chang‘i kurortida dam olayotgan bo‘lgan. O‘limidan bir kun oldin o‘tirishdan kelgan, biroq sog‘ligidan shikoyat qilmagan. Ertalab xonasidan chiqmaganidan so‘ng undan xabar olgani kirgan ota-onasi qizni xonasidan behush holda topgan.

Shifokorlar Lotteni sun’iy koma holatiga tushirib, Myunxenga olib bordi. U shu yerda hayotdan ko‘z yumdi. Ertasiga, 7-mart kuni Lotte 20 yoshni qarshilashi kerak edi.

Lotte Van Der Zi / Instagram

Lotte Van Der Zi / Instagram

Hozirda shifokorlar yurak xurujiga olib kelgan sabablarga aniqlik kiritmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda kvartira ijarasi haqidagi yolg‘on e’lonlar orqali 10 dan ortiq fuqaroni chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi
Dunyo
Somalidagi o‘yin maydonida eski bombalar portlab ketdi, 25 nafar bola halok bo‘ldi
Salomatlik
Qora shokolad va barra sabzavotlar: tarkibida ko‘p miqdorda magniy mavjud bo‘lgan oziq-ovqatlar