Nyu-Jersi shtatida yashovchi AQShning ishsiz fuqarosi Mega Millions lotereyasida 273 million dollar yutib oldi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Xabarda aytilishicha, 54-yoshli Mayk Virski o‘tgan yil kuzida 15 yillik turmushidan so‘ng ajrashgan. Oxirgi yili ish qidirgan, biroq uni anchadan beri hech qayerga suhbatga chaqirishmagan.
Endi esa yangi millioner umuman ishlash niyatida emas. U avval o‘ziga yangi pikap, so‘ng onasi uchun mashina sotib olib, uning uyini ta’mirlamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShlik fuqaro lotereyada 1,5 milliard dollar yutib olgan. Irlandiyalik fuqaro esa lotereyadan 175 million yevro yutib olib mamlakatda rekord darajani qayd etgan.
Izoh (0)