Xitoyning Yunnan provinsiyasida olimlar qovog‘arining avval ma’lum bo‘lmagan turini topdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ulkan qovog‘arining qanotlari qulochi 9,35 santimetrni tashkil qiladi. Tanasining uzunligi esa 6 santimetr. Bu shu paytgacha uchragan qovog‘arilarning eng kattasi hisoblanadi.
Mutaxassislarning fikricha, bunday qovog‘arining asaldoni ham katta bo‘lishi kerak. Ammo asaldon hali aniqlanmagan. Olimlar hasharotni diqqat bilan o‘rganmoqda va u yangi kenja tur bo‘lishi mumkin degan fikrda.
Izoh (0)