2019-yilning 3-mart kuni Moskva shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1986-yil 4-oktabrda Namangan shahrida tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Sardorbek Akramovich G‘afurov halok bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi ma’lumotlariga tayanib Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamenti xabar berdi.
Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra hodisa vaqtida jarohat olgan 20 yoshli Saidjon Uksan o‘g‘li Urunov 1-son shahar klinik shifoxonasiga yuborilgan.
Mazkur masala Elchixona Konsullik bo‘limi nazoratida turibdi.
Izoh (0)