O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi harbiy havo kemalarining O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi havo hududidan foydalanishi to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2018-yil 12-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 18-fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019-yil 28-fevralda ma’qullangan.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi harbiy havo kemalarining O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi havo hududidan foydalanishi to‘g‘risidagi Bitim (Toshkent, 2018-yil 12-oktabr) ratifikatsiya qilindi.
Izoh (0)