Uzbekistan Airways‘ning Toshkent — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirgan Boeing-767 “Pulkovo” aeroportiga qo‘nish chog‘ida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgani haqida xabar berilgandi.
O‘zA muxbiri ushbu reysda parvoz qilgan rossiyalik Aleksandr Gordon bilan bog‘lanib, voqea yuzasidan uning fikrlarini so‘radi.
— Men va ayolim 2-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:05da Uzbekistan Airways‘ning Boeing-767 yo‘lovchi samolyotida Toshkentdan Sankt-Peterburgga parvoz qildik. Kompaniya tomonidan ko‘rsatilgan xizmat menga manzur bo‘ldi.
Parvoz odatdagi tartibda, belgilangan vaqtda amalga oshirildi va ko‘rsatilgan vaqtdan oldinroq manzilga yetib keldi. Avvaliga samolyot belgilangan tartibda pasaya boshladi.
Biroq bort ichida o‘rnatilgan monitorda havo kemasining aylanma harakat qilayotgani aks etdi. Bundan qo‘nish uchun hali ruxsat tegmagani oydinlashdi. Nihoyat uchuvchilar samolyotni muvaffaqiyatli qo‘ndirishdi. Yo‘lovchilar esa tashakkur aytib, ularni olqishladi.
Havo kemasining uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketganini esa, ochig‘i, sezmadik ham. Samolyot harakatlanishdan to‘xtadi. Ammo deraza oynasidan aeroport ko‘rinmasdi. Voqea sababi shundan so‘ng oydinlashdi.
Izoh (0)