Lyuksemburg tashqi va Yevropa ishlari vaziri Jan Asselborn boshchiligidagi delegatsiya 2019-yilning 6-mart kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tashrif davomida Tashqi ishlar vazirligida muzokaralar o‘tkaziladi va tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha o‘zaro munosabatlarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Tashrif doirasida havo qatnovi bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu Lyuksemburgning Cargolux aviakompaniyasi tomonidan 2020-yildan e’tiboran Osiyo mamlakatlariga tranzit orqali tashish uchun “Navoiy” transport markazidan foydalanish rejalari bilan bog‘liq.
Izoh (0)