AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan Xanoyda “ajoyib uchrashuv” o‘tkazganini va 28-fevral kuni bu uchrashuvni davom ettirishni intiqlik bilan kutayotgani haqida gapirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Tushlik paytida Tramp KXDR bilan “alohida” munosabatlari haqida e’lon qilgan.
Great meeting and dinner with Kim Jong Un in Hanoi, Vietnam tonight. Looking forward to continuing our discussions tomorrow! #HanoiSummit pic.twitter.com/J3x6lUGzjS
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) February 27, 2019
U yuzma-yuz uchrashuv “yaxshi muloqot”ga sabab bo‘lganini aytgan.
“Ertaga biz uchun juda band kun bo‘ladi <…> Ko‘p masalalar hal qilinadi”, — deydi Tramp.
AQSh prezidenti 28-fevral kuni imzolanishi kutilayotgan Koreya urushini tugatish haqidagi rasmiy deklaratsiya haqidagi savolga: “Ko‘ramiz” deb javob bergan.
Avvalroq, Tramp va Kim Chen In muzokaralar xulosasi bo‘yicha kelishuv bitimini imzolashi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Rejaga ko‘ra, rahbarlar ikkinchi kunni yakka tartibda muloqot qilishdan boshlaydi, lekin bunga 45 daqiqa ajratilgan. Keyin ular muzokarani kengroq doirada davom ettiradi, bunga yana ikki soat ajratilgan. Shundan so‘ng, ikki soatlik rasmiy tushlik tashkil qilinadi. Tushlikdan keyin imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Marosimdan keyin Tramp matbuot anjumani o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)