Nyu-York shahridan 90 yoshli Bobbi yogurt deb o‘ylab bilmasdan yarmi banka bo‘yoqni ichib yuborgan va u aslo ushbu voqeadan afsuslanmaydi, deya xabar beradi “ForumDaily”.
Shunga o‘xshash vaziyatda aksariyat odamlar yoqimsiz oqibatlarga duchor bo‘lishiga qaramay, Bobbi yuz bergan hodisaga mutlaqo “befarq” bo‘lib qolmoqda.
Bobbining nabirasi Aleks Steyn yarim bo‘lib qolgan bo‘yoq bankasini topib olgan va Bobbining yashil rangli og‘zini ko‘rgan hamda gap nimada ekanligini anglab yetgan. Qiz buvasining fotosuratlarini Instagram’ga joylagan.
“Onam haftasiga kamida 7 litr Danon yogurtini sotib oladi”, deydi Aleks. — “Mening bobom doimo odamlarni xushnud etishni yaxshi ko‘rgan. Shu sababli ushbu holatda odamlar buvamning ustidan kulayotgani unga mutlaqo ahamiyatsiz, uning uchun asosiysi odamlarning hursandchiligi”.
Izoh (0)