Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumani “Aqtuba” OFY hududidagi fermer xo‘jaliklarining birida baxtsiz hodisa ro‘y berdi. Tuman fuqarolari A.B. va A.K o‘zaro janjallashib, urishadi. A.B. ismli shaxs A.K.ning yuz qismiga kuchli jarohat yetkazadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Natijada, jabrlanuvchi tuman tibbiyot birlashmasiga olib boriladi. U yerda hushiga kelmay vafot etadi, deb ma’lumot bermoqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Kegeyli tumani sudi raisi A. Bekmanov.
Mazkur jinoyat tuman sudi tomonidan ko‘rilib, sudlanuvchi A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-bo‘limi “d” bandi bo‘yicha 9 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Izoh (0)