“O‘zbеktеlеkom” AK Uzmobile filiali tomonidan “Navoiy” Xalqaro aeroportida 3G/4G texnologiyasidan foydalangan holda baza stansiyalarni o‘rnatish va sozlash ishlari yakunlandi, deb xabar berdi Spot.
Xabarga ko‘ra, xalqaro aeroportning terminali hududida yo‘lovchilar, xodimlar va kutib oluvchilar yuqori sifatli aloqa va yuqori tezlikdagi internetdan foydalanishlari uchun Qcell (Lamp Site) texnologiyasi bo‘yicha qo‘shimcha maxsus qurilmalar o‘rnatildi.
“Bu vaqtgacha mazkur viloyat markazi aeroporti hududida UZMOBILE GSM tarmog‘ining bunday sifatli qoplamasi mavjud emas edi”, — deyiladi xabarda.
“Mazkur haftada bir nechta yangi manzilda: Qoraqalpog‘iston (Qo‘ng‘irot tumani, Ravshan hududida) va Toshkent viloyati (O‘rtachirchiq tumani, Qorasuv shaharchasi) da baza stansiyalari o‘rnatildi.
Ta’kidlanishicha, antenna-machta inshootlari va zamonaviy yangi qurilmalarning ishga tushirilishi bilan hududda aloqa sifati va qoplash zonasi yaxshilanadi hamda barcha standartlarga muvofiqlashtiriladi.
Izoh (0)