Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida 23-fevral kuni soat 16:39 da A.Utepov ko‘chasida joylashgan “Qoraqalpoq qurilish” MChJga qarashli 2-sonli qurilish boshqarmasi hududida portlash ro‘y berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Boshqarma ishchilari J.Ye. va J.X. yoqilg‘i moy saqlash uchun mo‘ljallangan sisternani ta’mirlash maqsadida payvandlash ishlarini olib borayotgan paytda portlash sodir bo‘lgan va yong‘in kelib chiqqan.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Portlash oqibatida J.Ye. va J.X. kuyish jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)