2016-yil 26-sentabr kuni noma’lum shaxs Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida yashovchi ayolning uyiga devor oshish yo‘li bilan kirib, xonadon mehmonxonasidan 1700 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Bulung‘ur tumani Yangiobod mahallasida yashovchi 20 yoshli J.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)