Surxondaryoda 2018-yil davomida viloyat, shahar va tumanlar hokimliklariga fuqarolardan jami 52 ming 188 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Shundan 20 ming 557 tasi ijobiy hal etildi, 15 ming 314 tasiga tushuntirish berilgan bo‘lsa, 2414 ta murojaat qonun zid bo‘lganligi tufayli rad etildi.
Aholi murojaatlarini o‘rganish, o‘rnatilgan tartib-intizomga amal qilmasdan sustkashlik va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun 129 nafar mansabdor shaxs qonunda belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, 38 nafar rahbar va mansabdor shaxslar egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Izoh (0)