Moskva va Sankt-Peterburgdagi savdo markazlarida 16-fevral kuni portlash xavfi haqidagi xabarlardan so‘ng politsiya tomonidan tekshiruv va evakuatsiyalar o‘tkazildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Mokvada “Kapitoliy” tarmog‘idag‘i deyarli barcha savdo markazlari, shuningdek, “Atrium” va “Kunsevo Plaza” tekshirilgan.
Sankt-Peterburgda “Kapitoliy”, “Rumba”, “Raduga”, “Pik”, “Shkiperskiy moll”, “Leto” savdo markazlari, shuningdek, “Lenta” gipermarketi va “Rossiya” mehmonxonasidagi bombalar haqida xabarlar olingan.
“Fontanka.ru” nashriga ko‘ra, savdo markazlari minalashtirilgani haqida xabarlar elektron pochta orqali olingan va Vladimir Putin nomidan kelgan.
Izoh (0)