AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarasida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun favqulodda holat e’lon qilmoqchi ekanini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Bu niyatini prezident Oq Uyga qilgan maxsus murojaatida aytgan.
Tramp favqulodda holat e’lon qilish orqali mamlakatning janubiy chegarasida devor qurish uchun 8 milliard dollar olmoqchi ekanini aytgan edi.
Tramp kongressdan qurilish uchun 5,7 milliard dollar ajratishini so‘ragan, lekin rad javobini olgan. Natijada, mamlakatda rekord darajada uzoqqa cho‘zilgan shatdaun boshlangan.
Izoh (0)