Baring Vostok investitsiya kompaniyasining asoschisi Maykl Kalvi “Vostochniy ekspress” bankidan 2,5 milliard rubl o‘g‘irlashda gumon qilinmoqda. Bu haqda Basman sudi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
U “Birinchi kollektorlik byurosi” ishtirokida firibgarlik sxemasini qo‘llaganligi ta’kidlanmoqda. Kuni kecha unda tintuv o‘tkazilganligi ma’lum qilinmoqda.
“Kalvi uning nazorati ostidagi ‘Birinchi kollektorlik byurosi’ning 2,5 milliard rubl qarzi borligini oldindan bila turib, uning aksiyalari ‘Vostochniy ekspress’ bankiga sotilishini uyushtirgan. Bu esa ushbu mablag‘larni o‘zlashtirishga olib kelgan”, — deydi tergovchi.
Avvalroq Moskvada Baring Vostok asoschisi AQSh fuqarosi Maykl Kalvi qo‘lga olinganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)