Butunjahon boks seriyalari WSB musobaqalarida ishtirok etib kelgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi faoliyati to‘xtatilmadi, deb xabar beradi O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot kotibi Umid Mirzaqoriyev.
Umid Mirzaqoriyev jamoa tarqatib yuborilmaganligi haqida “Zamon” informatsion, axborot-tahliliy ko‘rsatuviga bergan intervyusida ma’lum qilgan: “Uzbek Tigers jamoasi o‘z faoliyatini davom ettiryapti. Hech qanaqasiga tarqalib ketgani yo‘q. Biz bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan mish-mish gaplar bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshladik. Batafsil hammasiga oydinlik kiritganimizdan so‘ng bu haqda rasmiy xabar beramiz. Hozirgi vaqtda Uzbek Tigers jamoasi o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini olib bormoqda”.
Avvalroq GoSport nashri yangi mavsumda O‘zbekiston boks federatsiyasi WSB musobaqalarida ishtirok etuvchi Uzbek Tigers jamoasini moliyalashtirishni to‘xtatishga qaror qilgani haqida xabar bergandi. Bunga havaskor boks bo‘yicha terma jamoaning boshqa musobaqalarda ishtirok etishi sabab sifatida ko‘rsatilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)