• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Millionlar o‘yini” — “El-Klasiko”: “Real” bugun “Barselona”ga qarshilik ko‘rsata oladimi? (prevyu)

    Bugun, 6-fevral kuni Barselonada Ispaniyaning ikki azaliy raqib jamoalari o‘rtasida mamlakat kubogi yarim finalining dastlabki to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Na “Barselona” va na “Real” Ispaniya Kubogi yarim finalida o‘zaro duch kelishni xohladi. Ammo taqdir ularni yana uchrashtirib qo‘ya qoldi. Ikkala jamoa ham tig‘iz taqvim sabab ham finaldan oldin bir-biriga duch kelishni xohlamagandi. Masalan, “Barselona” bilan o‘yindan so‘ng “Real”ni ikki safar o‘yini kutib turibdi. Raqiblar esa anoyi emas —  “Atletiko Madrid” va “Ayaks”. Kataloniyaliklar esa o‘z o‘rnida 19-fevraldan 2-martga qadar o‘ta murakkab 4 ta safar uchrashuvini o‘tkazishi kerak. Jumladan, klub mazkur vaqt oralig‘ida “Lion”, “Sevilya” va ikki bor “Real” (biri kubok javob o‘yini bo‘lsa, biri La Liga doirasida) mehmoni bo‘ladi. Havas qilib bo‘lmas taqvim-a, shunday emasmi, aziz muxlis?

    Bu klublar uchun qanchalik muammo bo‘lsa, futbol muxlislari uchun yana qo‘shimcha bayram. Tort ustidagi olcha misoli. So‘nggi “El-Klasiko” yodingizdami? Ha, to‘g‘ri esladingiz. “Real” bugun mehmon bo‘ladigan “Kam Nou”da sharmandali hisobda (5:1) mag‘lub bo‘lgan, oxir-oqibatda esa murabbiysiz qolgandi. Eng qizig‘i, “Barselona” mazkur g‘alabaga Lionel Messisiz erishgandi. Xulen Lopetegi bo‘lsa yirik hisobdagi mag‘lubiyat sabab Madriddan badarg‘a qilindi. Uning o‘rniga esa “qutqaruvchi” rolini bajarishi lozim bo‘lgan Santyago Solari olib kelindi. Xo‘sh, o‘sha mag‘lubiyatdan so‘ng “Real”da nimalar o‘zgardi?

    Katta ehtimol bilan ushbu o‘yindagi avvalgisida bo‘lgani kabi yirik hisob qayd etilmasligi mumkin. “Qirollik klubi”ning yangi bosh murabbiyi Santyago Solari klubga yana g‘oliblik ruhini qaytara oldi. Ko‘pchilik hozirda “Real” Solari qo‘l ostida kuchli va jiddiy raqiblarga qarshi o‘yin o‘tkazmaganligi haqida bong urmoqda. Biroq Zidan va Ronaldu tark etgan “Real”da biroz o‘sish kuzatilganini tan olmaslik ham — deyarli ahmoqlik. “Real”dan yana qo‘rqishmoqda va uni hurmat qilishda davom etishmoqda. Bunda esa Solarining xizmatlari beqiyos.

    Bugun esa Santyago “Kamp Nou”ga ilk bor “Real” bosh murabbiyi sifatida keladi va o‘z tarixini yozishni boshlaydi. Bugungi o‘yin uning uchun o‘ta muhim ekanligini sira shubha qilmasa bo‘ladi, Solari esa g‘alaba uchun borini berishini rad etib bo‘lmaydi. Argentinalik oldinda kutib turgan qiyin safar o‘yinlari (“Atletiko Madrid” va “Ayaks”ga qarshi) haqida o‘ylamaydi va o‘yinga katta kuchni tashlaydi. “Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverdega keladigan bo‘lsak, jamoaning ilk uchrashuvni “Nou Kamp”da o‘tkazayotganligi biroz bosimni yuzaga keltirishi mumkin. Boisi oldinda javob uchrashuvi, u esa “Santyago Bernabeu”da bo‘ladi. Agarda hammasi aksincha bo‘lganida Valverde Madridda rotatsiyaga qo‘l urish va asosiy kuchni javob o‘yiniga olib qo‘yish imkoniyatga ega bo‘lardi. Bugun esa buning aslo ilojisi yo‘qdek.

    Bugun kimlar maydonda bo‘ladi?

    Kadrlar masalasi haqida gap ketganda  “Real”da hammasi allaqachon ma’lum bo‘lgandek. Boisi kubok bahslarida “Real” darvozasini Keylor Navas qo‘riqlashi aniq. Qanotlarda esa La Liganing 22-turida dam olgan Dani Karvaxal va Marselolar harakatlanishi kutilmoqda. Markazda esa Ramos—Varan tandemi. Yarim himoya uchligini esa o‘sha eski trio: Toni Kroos—Luka Modrich—Kazemiro tashkil qiladi. Hujumda so‘nggi o‘yinlarda tinmasdan gollar urayotgan Karim Benzemaning bo‘lishi aniq. Qanotlarda esa Lukas Vaskes, Garet Beyl yoki Vinisus Juniorni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Vaskes haqida gap ketar ekan, u Solari qo‘l ostida muhim o‘yinchilardan biriga aylandi. Bugungi bahsni uning asosiy tarkibda boshlashi va Beylning zaxirada qolishi haqiqatga yaqinroq. Boisi  Vaskesda hech qanday charchoq alomati va qiynayotgan eski jarohatlar yo‘q. Lukas ham hujumda harakatlanishi va himoyaga qaytib yordam berishi mumkin. U bugun katta ehtimol bilan Jordi Albani zararsizlantirish bilan shug‘ullanadi.

    “Barselona” tarkibi haqida gaplashadigan bo‘lsak, Kataloniya klubida bir qancha muammolar borligi ayni haqiqat. Valverdening asosiy muammolari esa Messining kichik jarohati hamda Dembelening shishib ketgan anginasi. Usmonning maydonga tushmasligi aniq. U o‘yin qaydnomasiga ham kiritilmagan. Leoning masalasi esa bugunning o‘zida hal bo‘ladi. Har holda uning maydonga tushishi ehtimol mavjud. Ernesto esa avvalroq intervyularning birida Messi borasida tavakkal qilmasligini ma’lum qilgandi. Ammo orada maydonga tushish yoki tushmaslikni Messining o‘zi hal qilishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Hammasini sanoqli soatlardan so‘ng bilib olamiz. Boshqa pozitsiyalarda esa deyarli shubha-gumonga o‘rin yo‘q. Hujum triosini Filippe Koutinyo—Luis Suares—Karlos Alenya tashkil qilishi mumkin. Yaqindagina jamoaga kelib qo‘shilgan Kevin-Prins Boatengning ham maydonga tushish ehtimoli yo‘q emas. Katta pullar evaziga olingan Malkom haqida bunday gaplarni aytib bo‘lmaydi. U na jamoa rahbariyatining va na Valverdening ishonchini qozona oldi. Xullas, u bugun maydonga tushishidan ko‘ra tushmasligining ehtimoli katta.

    Taxminiy tarkiblar:

    Jamoalarning so‘nggi o‘yinlari:

    • 25.10.18, La Liga, “Barselona” — “Real” 5:1
    • 06.05.18, La Liga, “Barselona” — “Real” 2:2
    • 23.12.17, La Liga, “Real” — “Barselona” 0:3
    • 17.08.17, Ispaniya Superkubogi, “Real” — “Barselona” 2:0
    • 13.08.17, Ispaniya Superkubogi, “Barselona” — “Real” 1:3

    Jarohat olganlar: Rafinya, Yasper Silessen, Umtiti, Dembele — Valyexo

    So‘roq ostida — Messi

    Qiziq faktlar

    • “Real” va “Barselona” oxirgi o‘zaro 27 ta o‘yinning 24 tasida 3 tadan kam gol urmayapti.
    • “Real” Ispaniya Kubogidagi so‘nggi 38 ta o‘yinning 34 tasida yutqazmadi.
    • “Real”ga qarshi so‘nggi 3 ta o‘yinda “Barselona” kamida 2 tadan gol urgan.

    “Barselona”—“Real” 01:00

    Ispaniya Kubogi, ½ final bahslari

    Bellashuv hakami: Mateo Laos

    “Football.ua” ma’lumotlari asosida Asror Abdunazarov tayyorladi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    06.02.2019, 20:26   Izoh (0)   38421
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoy osmonida porlab, hamyonini “qappaytirish”ni ko‘zlagan dunyoning 10 nafar futbol yulduzi haqida

    04.02.2019, 01:22

    Umid Ahmadjonov: “Sherzod Toshmatov sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab o‘z arizasiga ko‘ra lavozimini topshirdi”

    02.02.2019, 12:32

    Rasman: O‘zbekiston boks federatsiyasiga yangi vitse-prezident saylandi

    02.02.2019, 12:19

    O‘zbek boksida o‘zgarishlar boshlandi: ertaga boks federatsiyasi vitse-prezidenti iste’foga chiqariladi

    01.02.2019, 18:17

    Rasman: Osiyo Kubogi final uchrashuvini Ravshan Ermatov boshqaradi

    30.01.2019, 14:22

    Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatildi

    29.01.2019, 23:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.