2-fevral, shanba kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston boks federatsiyasining hisobot saylov yig‘ilishida MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov tashkilotning avvalgi vitse-prezidenti Sherzod Toshmatovning nima sababdan ishdan ketganligiga izoh berdi.
“Saken Jetibayevichning o‘zbek sportiga katta mehnati singgan. U kishi futbol rivojlanishiga ham o‘z hissasini qo‘shgan. Bungacha ushbu lavozimda faoliyat olib borgan Sherzod Toshmatov sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab o‘z arizasiga ko‘ra lavozimini topshirdi. Fursatdan foydalanib, federatsiya boshqaruvida amalga oshirgan ishlari uchun unga minnatdorchilik bildiramiz. Nasib qilsa yangi rahbariyat bilan Tokio—2020 Olimpiadasida bundanda yaxshiroq natija ko‘rsatamiz ”, – dedi Umid Ahmadjonov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq boks federatsiyasining yangi vitse-prezidenti lavozimiga tadbirkor Saken Po‘latov saylangani haqida xabar berilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)