• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Xitoy osmonida porlab, hamyonini “qappaytirish”ni ko‘zlagan dunyoning 10 nafar futbol yulduzi haqida

    So‘nggi yillarda Xitoy mamlakati dunyo futboli yulduzlari uchun jannatmonand makonga aylangani bor gap. Bu yerga hech bir futbolchi obro‘-e’tibor uchun kelmasligi ham ayni haqiqat. Ular uchun eng asosiysi — pul. AQShda ham shunga o‘xshash holat. Faoliyati cho‘qqisidan tusha boshlagan dunyo futboli vakillari sekingina MLS’ga yoki Xitoyga yo‘l olmoqda. Biroq MLS’dagi bo‘lgani kabi, Xitoyda futbolchilar maoshiga hech qanday taqiq yo‘q. Shu boisdan so‘nggi yillarda Xitoyda nafaqat yoshi o‘tib borayotgan yulduzlar, balki endi faoliyati cho‘qqisiga yaqinlashayotganlar ham to‘p surmoqda. Quyida biz ularning 10 nafari haqida so‘z yuritamiz.

    Aleshandre Pato “Tyanszin Syuanszyan”

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    O‘z vaqtida dunyo futbolida yorqin iz qoldira oladigan futbolchilardan biri bo‘lishi kutilgan Patoni hozirda ko‘pchilik Chempionlar Ligasida “Milan” safida “Barselona” darvozasiga 1-daqiqada urgan golidan boshqa narsasini eslamasa ham kerak. U “Milan”da porlagandek bo‘ldi, biroq jamoasi kabi tezda so‘ndi-qoldi. Orada Pato Angliyada “Chelsi”, Ispaniyada esa “Vilyarreal” libosini ham kiyib ko‘rdi. Biroq hech narsa avvalgidek chiqmadi. Keyin esa balki faoliyatidagi eng to‘g‘ri qarorlardan biri — Xitoyga ketishni ma’qul topdi. Uning keyingi manzili — “Tyanszin Syuanszyan” klubi bo‘ldi. Pato hozir xitoylik muxlislarni xursand qilish bilan ovora. U “Tyanszin” tarkibida 23 ta o‘yinda 15 ta gol urib, qo‘shimchasiga 3 ta golli uzatma ham berib ulgurdi. Yomon emas-a. Balki, qadrdon Yevropaga qaytishning vaqti yetgandir!? Axir bunday sermahsullik bilan Yevropaning kuchsiz klubida ham eng yaxshilardan biri bo‘lish ehtimoli yuqori-ku dersiz. Ammo Pato hech qayerga shoshayotgani yo‘q. Har holda xitoyliklar uning uchun 18 million yevro to‘lagan. Kamiga esa yiliga 6,5 million yevro maosh olmoqda. Ha, uning shoshishiga hech qanday sabab yo‘q. Qaddingni ur, Aleshandre!

    Renato Augusto (“Beyjin Goan”)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Faoliyatini “Flamengo”da boshlagan Renato Augusto hozir Chin mamlakatida o‘zini ajoyib his qilmoqda. Rio-de-Janeyroda tug‘ilgan futbolchi Yevropada “Bayer Leverkuzen”dagi faoliyati (2008—2012-yillar) bilan ko‘pchilikning yodida qolgan. “Beyjin Goan”ga esa u 2016-yilda “Korintians”dan o‘tdi. Qizig‘i shuki, Renato Xitoyga o‘tishdan oldin yana Germaniyada, aniqrog‘i “Shalke-04”da paydo bo‘lishi mumkin edi. Ammo braziliyalik gilzenkirxenliklardan yiliga 8 million yevro maosh so‘rab yubordi. Tabiiyki, “Shalke-04” rahbariyati Renatoga buncha pul beradigan “ahmoq”ni boshqa joyda izlashni topshirib qo‘yishni afzal bildi. Futbolchi uzoq kutmadi va atigi “6,5 million yevro” beradigan Xitoyning “ahmoq” klubini tanladi. Hozirgi  klubida esa u haqiqiy maestro! Augusto Yevropada ko‘p narsa ko‘rsatishi mumkin edi, biroq kim ham unga Xitoydagidek pul taklif qilardi!?

    Mussa Dembele (“Guanjou Fuli”)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Tottenhem” muxlislari jamoani yulduzlar tark etishiga ko‘nikib qolgan, ular bundan hech ajablanmaydi ham. Biroq Dembelening Xitoyga ketishi klub muxlislarini karaxt avholga solib qo‘ygani ham rost. Ha, uning yoshi 31 da, biroq Dembele “shporlar” maydon markazining haqiqiy tayanchi edi. Uning shartnomasi yakunlanayotgan pallada London klubi rahbariyati Mussani olib qolishga qattiq ishondi. Ammo orada “Guanjou Fuli” paydo bo‘ldi va uni ilib ketdi.

    Hozir Dembele klubning asosiy yulduzi. Jamoa esa u bilan chempionat oltin medaliga ega chiqishga umid bog‘lagan.

    Aleks Teysheyra (“Szyansu Sunin”)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Oh, bu futbolchining “Shaxtyor”dan ketishining o‘zi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Hamma uni “Chelsi” yoki “Liverpul”dan qay birini tanlar ekan deb turgan bir vaqtda, Aleks hammani lol-u hayron qoldirib, Chin o‘lkasiga otlandi. Xitoyliklar esa futbolchi uchun “Shaxtyor”ga yetarlicha mablag‘ to‘ladi. Braziliyalik futbolchi esa Xitoyga keliboq, “Szyansu Sunin”ning asosiy tarkibidan joy oldi. 28 o‘yinda 13 ta gol va 4 ta golli uzatma. Statistika uning klubga moslashish jarayoni a’lo bo‘lganiga isbot. Teysheyra vaqtida APLga o‘tganida ham yo‘qolib qolmasdi, balki hozir ham borsa bo‘lar. Ammo vaqt… U hozir 29 yoshni urib qo‘ydi.

    Halk (“Shanxay SIPG”)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Chin o‘lkasida to‘p surayotgan eng asosiy figuralardan biri bu — so‘zsiz Halk. “Portu”da tanilib, “Zenit”ni gullatgan braziliyalik futbolchi uchun Xitoy klubi peterburgliklarga 50 million funt to‘lagan edi. Halkning “Shanxay SIPG”dagi ishlari yomon emas: joriy mavsumda 13 ta gol va 12 ta golli uzatma. U “qizil burgutlar”ning asosiy hujumchisi. Halkning hech narsadan noliydigan joyi yo‘q. Yetarlicha katta maosh va ajoyib sharoitlar kimga ham yoqmaydi. Katta ehtimol bilan Halk faoliyatini Xitoyda yakunlanishi mumkin.

    Yannik Karrasko (“Dalyan Ifan”)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Yannik “Atletiko Madrid”da ajoyib o‘yin ko‘rsatar, hamma uni Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biriga o‘tishini kutayotgan pallada, hammani hayron qoldirib, ertaroq “nafaqa”ga chiqish uchun Xitoy tomon otlandi. “Matraschilar” belgiyalik futbolchi uchun “Dalyan Ifan” klubidan 27 million funtni qurtdek sanab oldi. Xitoyliklar esa Karraskoning o‘ziga Ispaniyada “Barselona” va “Real”dagi eng yaxshi o‘yinchilar ham ololmaydigan “fazoviy maosh” to‘lashni va’da qildi. Balki, Karrasko Xitoy uchun juda ham “kuchli”lik qilar deb o‘ylagandirsiz?! Ammo hozircha u 25 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Ro‘yxatimizdagi boshqa o‘yinchilar undan yaxshiroq statistikaga ham ega. Ammo belgiyalikning ist’edodini inkor qilib bo‘lmaydi. “Atletiko Madrid” muxlislari esa uning yozda klubga qaytishiga hamon umid qilmoqda.

    Sedrik Bakambu (“Beyjin Goan”)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Pul to‘la qoplar uchun Ispaniyadagi barqaror faoliyatini Xitoyda davom ettirishga rozi bo‘lgan elit toifali futbolchilardan biri Sedrik Bakambudir. Turkiyaning “Bursaspor”idagi faoliyatidan so‘ng Ispaniyaga yo‘l olgan futbolchi, u yerda o‘z iqtidorini namoyish etdi. “Vilyarreal”da 3 yil to‘p surgan futbolchi 75 ta o‘yinda 32 ta gol urishning uddasidan chiqib, Yevropaning ko‘plab klublari oromini o‘g‘irlab qo‘ygandi. 2018-yil yanvarida esa shon-shuhratni bir chetga surib, Xitoydan tushgan taklifga “labbay” deb javob berdi. U “Beyjin Goan”da javlon urishda davom etmoqda. 23 ta o‘yinda 19 ta gol. Ajoyib statistika! Hozirga qadar uni “Everton” va “Vest Hem” klublari APLga o‘tishga chorlab ko‘rdi. Ammo 27 yoshli Bakambu hozircha Xitoyda qolishni ma’qul ko‘rmoqda.

    Taliska (“Guanjou Evergrand”)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    24 yoshli Taliska “Beshiktosh”da tanildi. Uning iqtidorini butun Yevropa ko‘rib turgandi. Hattoki, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” kabi grandlar u bilan shartnoma imzolashni xohlab turgan vaqtda hammasi teskari aylanib ketdi. U Xitoyga — “Guanjou Evergrand”ni tanlashni afzal ko‘rdi.

    Taliska ham Bakambu singari Chin o‘lkasida gollar urishdan to‘xtaganicha yo‘q. Braziliyalik 18 ta o‘yinda 16 ta gol urishga ulgurdi. Hujumchi bo‘lmagan Taliska uchun bu juda ham yaxshi ko‘rsatkich.

    Oskar (“Shanxay SIPG”)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Oskarni haligacha ko‘pchilik “Chelsi”dagi o‘yinlari bilan yaxshi eslaydi. Yaxshigina texnika va sermahsullikka ega Oskar 2017-yil yanvarida Xitoyga ketishni ma’qul ko‘rdi. “Shanxay SIPG” o‘shanda “Chelsi”ga rozi bo‘lmaslikning iloji yo‘q mablag‘ni — 54 million funt taklif qildi. Oskarning o‘ziga ham kattagina maosh va’da qilindi. Oskar jamoasi bilan Xitoy Superligasi oltin medaliga ega chiqib ulgurdi. U endigina 27 yoshda va jahon futboliga qaytish uchun yetarlchi vaqt hamda salohiyatga ega.

    Paulinyo (“Guanjou Evergrand”)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Paulinyoning karyerasi g‘aroyib. U 2015-yil “Guanjou Evergrand” safiga “Tottenhem” klubida kelib qo‘shiladi. Oradan 2 yil o‘tib esa 36 million yevro evaziga (Xitoydan ketmoqda, Xitoydan!) “Barselona”ga o‘tdi. Yarim mavsumdan so‘ng esa ijara asosida yana Xitoyga qaytib keldi. 2019-yil yanvarida esa xitoyliklar Paulinyoni “Barselona”dan 37 million yevroga sotib olganini ma’lum qildi.

    Nega qaytdi deysizmi? Qarashlar turlicha. Ulardan biri fitness. U Xitoydagi mashg‘ulotlarga ko‘nikib bo‘lgan. Ispaniya La Ligasida esa hammasi o‘zgacha. Futbolchining 30 yoshni urib qo‘yganini ham sedan chiqarib bo‘lmaydi. Xitoyda esa yulduz, uning tengi yo‘q. Ammo uning Xitoydaligi hozircha Braziliya terma jamoasida to‘p surishga xalaqit berayotganicha yo‘q.

    Muallif: Ben Roberts, Sportskeeda

    Tarjimon: Asror Abdunazarov

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    04.02.2019, 01:22   Izoh (0)   81640
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Umid Ahmadjonov: “Sherzod Toshmatov sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab o‘z arizasiga ko‘ra lavozimini topshirdi”

    02.02.2019, 12:32

    Rasman: O‘zbekiston boks federatsiyasiga yangi vitse-prezident saylandi

    02.02.2019, 12:19

    O‘zbek boksida o‘zgarishlar boshlandi: ertaga boks federatsiyasi vitse-prezidenti iste’foga chiqariladi

    01.02.2019, 18:17

    Rasman: Osiyo Kubogi final uchrashuvini Ravshan Ermatov boshqaradi

    30.01.2019, 14:22

    Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatildi

    29.01.2019, 23:06

    Roberto Karlos Toshkentga keldi (foto)

    28.01.2019, 11:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Urganchda shoqollar yurgani yuzasidan munosabat bildirildi (video)

    O‘zbekiston | 28 iyun, 09:45

    “Meni televideniyega chiqarilmasin, degan topshiriqni kim berganini bilmayman” — xonanda Xurshid Rasulov “zapret”ga tushgani haqida

    Musiqa | 28 iyun, 09:04

    Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 08:33

    Tramp Xomanaiyni sharmandali o‘limdan qutqarganini aytdi

    Dunyo | 27 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 27-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 23:05

    “Paxtakor” metro bekatida 3 yoshli qizaloqning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qoldi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:46

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.