11-fevral kuni soat 08:30 da Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi,1-o‘tish yo‘lidagi ma’muriy binoda yong‘in chiqqani haqida xabar olindi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarining tezkor harakatlari tufayli yong‘in bir necha daqiqada bartaraf etildi.
Yong‘in oqibatida ma’muriy bino tomining 60 kvadrat metri yongan. Bunga elektr simining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Telegram’dagi “Exo Uzbekistana” kanaliga ko‘ra, Oloy bozori yaqinida joylashgan ma’muriy bino “Toshshahartransxizmat” AJga tegishli.
Izoh (0)