Samarqanddagi Parazitologiya ilmiy-tekshirish instituti avariya holatida. 6—8-fevral kunlari viloyatda ish olib borgan respublika ishchi guruhi shunday xulosaga keldi, deya xabar beradi “Zarnews”.
Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining ikki qavatli davolash korpusi ham ana shunday baholandi.
Shuningdek, ishchi guruhi ma’lumotida viloyat tibbiyot muassasalarining 72 tasi (43 foizi), qishloq oilaviy poliklinikalarining 24 tasi (39 foizi), qishloq vrachlik punktlarining 77 tasi (58 foizi), tez tibbiy yordam shoxobchalarining 89 tasi (58 foizi) ta’mirtalab ekanligi ko‘rsatilgan.
Nurobod, Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut, Bulung‘ur, Jomboy, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot tumanlari davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari binolari avariya holatida va umuman talabga javob bermaydi.
Izoh (0)