11-fevral kuni Afg‘onistonda uch yarim yil davomida asirlikda bo‘lgan 2 nafar moldaviyalik uchuvchi ozod etildi. Bu haqda Moldaviya prezidenti Igor Dodon dushanba kungi brifingda ma’lum qildi deb yozadi “Interfaks”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha oy davom etgan operatsiya muvaffaqiyatli yakunlangan.
“Rossiya hukumati yordami bilan bu muammoni hal qilishga erishdik. Shanba kuni uchuvchilar ozod qilindi va ayni paytda ular Moskvada. Ular kasalxonada, lekin ularning ahvoli yaxshi. Tez kunlarda vataniga qaytadi ”, — deydi Igor Dodon.
Prezident Rossiya hukumatiga ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorchilik bildirgan.
Ma’lumot uchun, 2015-yilning 24-noyabr kuni Valan kompaniyasining Mozori-Sharif — Kemp-Shaxin — Maymene yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan Mi-17 vertolyoti Maymenedan 25 kilometr shimolda qo‘nishga majbur bo‘lgan. To‘rt nafar fuqaro halok bo‘lgan, 17 nafari “Tolibon” guruhi tomonidan asirga olingan. Shundan so‘ng “Tolibon” tarafdorlari vertolyotni yoqib yuborgan.
Izoh (0)