Dog‘istonning Shamil tumanidagi Assab qishlog‘ida yashovchi o‘n yashar Abduljalil Magomedov o‘zining ikki yil davomida yig‘ib yurgan mablag‘ini Maxachkalada masjid qurilishi uchun ehson qilgan, deya xabar beradi “TASS”.
Bola hadya etgan pul miqdori 11 ming rubldan ko‘p. Bu pullarni u birinchi sinfdan buyon yig‘ib kelgan. Pullarni ehson qilish fikri unga otasining do‘sti bilan muloqoti natijasida kelgan. Bola pullarni otasi orqali diniy-ma’rifiy markaz qurilishi uchun mablag‘ to‘plash bilan shug‘ullanayotgan tashkilotchiga berib yuborgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu pullarni Abdujalil velosiped olish uchun to‘plagan. Abduljalil maktabdagi darslardan tashqari Qur’on va madrasada arab tili o‘rganadi.
Izoh (0)