AQSh prezidenti Donald Tramp Pxenyanga yon berish, xususan, Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar tiklanishiga ko‘maklashishga tayyor. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Asahi Shimbun nashriga ko‘ra, buning uchun Kim Chen In Vyetnamda 27—28-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda raketa-yadro aslahalarini qisman yo‘q qilishga rozi bo‘lishi zarur. Jumladan, Tramp Yonbendagi plutoniy ishlab chiqariladigan yadro markazi tugatilishi kafolatlanishini kutmoqda.
Shuningdek, Vashington Shimoliy Koreyaning AQSH hududiga yetib borishga qodir qit’alararo ballistik raketalari yo‘q qilinishiga umid bildirmoqda. Buning evaziga AQSH KXDRga gumanitar yordam ko‘rsatishga ham tayyor.
Izoh (0)