Braziliyaning sobiq prezidenti Luis Inasio Lula da Silva korrupsiya va “pul yuvish”da ayblanib, 12 yil 11 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Sudning aniqlashicha, Lula da Silva tijorat tashkilotlariga ba’zi imtiyozlar berish evaziga San-Pauludan uy va yer maydoniga ega bo‘lgan. Hujjatlarga ko‘ra, sobiq prezidentga sovg‘a qilingan uyga uning yaqinlari egalik qilgan.
Lula da Silva 2016-yili ham shunday ayblov bo‘yicha 9,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, keyinroq Oliy sud uning jazo muddatini 12 yil 1 oygacha uzaytirgan edi.
Umumiy hisobda Lula da Silvaga nisbatan jami yettita jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozircha u ushbu ishlarning faqat bittasi bo‘yicha oqlangan.
Ma’lumot uchun, Lula da Silva 2003—2011-yillarda Braziliyaga prezidentlik qilgan.
Izoh (0)