• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Aziz Turg‘unboyev “serial”i tugadi. Futbolchi 6 oyga, Ilhom Mo‘minjonov esa 1 yilga futboldan chetlatildi

    O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ​o‘tgan mavsumni “Navbahor” safida yakunlagan va ayni vaqtda kimga tegishli ekanligini o‘zi ham bilmayotgan Aziz Turg‘unboyev masalasini o‘rganib chiqdi. Bir vaqtning o‘zida ikki klub bilan shartnoma imzolashda gumon qilingan Aziz Turg‘unboyevning mojaroli ishi bo‘yicha tashkilot rasmiy bayonot berdi. Quyida uni to‘liq holicha taqdim etamiz.

    Foto: <span style=“Championat.asia”" data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Foto: “Championat.asia”
    Aziz Turg‘unboyev yozgi transfer oynasiga qadar diskvalifikatsiya qilindi

    Ma’lum bo‘lishicha, Turg‘unboyevning “Navbahor” futbolchisi sifatida PFL ro‘yxatidan o‘tkazilgan shartnomasi 2018-yilning 30-noyabr kuni o‘z yakuniga yetgan. U Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha reglament bandlaridan kelib chiqib, shartnomasi yakuniga yarim yil vaqt qolganida boshqa klublar bilan muzokara o‘tkazishi mumkin edi. Uning bu huquqidan “Paxtakor” futbol klubi unumli foydalanishga harakat qilgan hamda Aziz Turg‘unboyev bilan 2018-yilning 5-sentabr kuni 2 yilga mo‘ljallangan hamda 2019-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradigan shartnoma imzolagan.

    Ishni o‘rganish jarayonida ishtirok etgan “Navbahor” tomoni bu shartnomani mavhum qoldirishga harakat qildi. Biroq Aziz Turg‘unboyevning ko‘rsatmasi hamda mavsum yakunlanganidan so‘ng PFL bosh direktori nomiga yozgan arizasi orqali ma’lum bo‘ladiki, “Navbahor” futbolchining Toshkent klubi bilan shartnomasi bor ekani haqida bilsa-da, 2018-yilning 29-noyabr kuni Turg‘unboyevni yangi shartnomaga qo‘l qo‘yishga undagan. Bunda “Navbahor” tomoni Turg‘unboyev bilan 30-noyabr kuni yakuniga yetadigan shartnomani uzaytirmagan, balki futbolchiga yangi shartnoma imzolatgan. Qo‘shimchasiga, Turg‘unboyev vaziyat silliq hal etilishiga ishontirilgan.

    Mazkur ish jiddiy tus olishni boshlaganiga qaramay, dekabr oyi ekvatoriga kelib Turg‘unboyev “Paxtakor” bilan navbatdagi shartnomaga imzo chekkan. Oqibatda vaziyat butunlay izdan chiqqan. Bungacha PFL na “Paxtakor” va na “Navbahor” bilan tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatga olgan. Boisi, O‘zbekistonda qishki transfer oynasi 17-dekabrga kelibgina ochilgan. Boz ustiga, 2019-yilgi mavsum uchun reglamentda jiddiy o‘zgarishlar qilayotgan PFL yuqoridagi kabi holatlarning oldini olish maqsadida muhim yangilikka qo‘l urgandi. Unga ko‘ra, futbolchi va klub o‘rtasida imzolanayotgan har qanday shartnoma roppa-rosa 1 oy ichida PFL ro‘yxatidan o‘tkazilmasa, tashkilot uning haqiqiyligini tan olmaydi. Mazkur qoida 2019-yilning 1-yanvar kunidan keyin taqdim etiladigan shartnomalar uchun taalluqlidir.

    “Paxtakor” aynan 1 yanvar kuni Aziz Turg‘unboyev bilan tuzilgan shartnomani Osiyo Chempionlar Ligasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun olib keldi. Bu vaqt ichida “Navbahor” futbolchi bilan tuzilgan shartnomani taqdim etmadi. Namangan klubining Turg‘unboyev bilan tuzilgan shartnomasi O‘FA komissiyasi mazkur ishni o‘rganishni boshlaganidan keyingina ko‘rsatildi. Vaholanki, “Navbahor” boshqa klub bilan shartnomasi bor bo‘lgan futbolchini Qrimda tashkil etilgan yig‘inga jalb qilgan. “Paxtakor” tomoni esa aynan shundan kelib chiqib PFLga shikoyat arizasi bilan chiqqan.

    O‘rganishlar natijasida Aziz Turg‘unboyevning ikki klub bilan shartnoma imzolagani aniqlandi. Bu esa Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha reglamentning 5.43 bandiga ziddir. Shuningdek, Turg‘unboyev bir vaqtning o‘zida PFL vakillariga ham ikki xil istagini bildirgan. Xususan, u 2018-yilning 3-dekabr kuni “Paxtakor”da o‘ynashni istayotgani, biroq uning bu qaroriga “Navbahor” tomonidan bosim bo‘layotgani haqida o‘z qo‘li bilan ariza yozib ketgan. 2019-yilning 1-yanvar kuni esa “Paxtakor” bilan tuzilgan 5-sentabr sanasidagi shartnomani bekor qilishni so‘rab ariza yozgan. Shu yilning 2-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda esa bosim “Paxtakor” klubi vakillari tomonidan qilingani borasida ko‘rsatma bergan.

    Aziz Turg‘unboyevning milliy terma jamoa futbolchisi ekani, bunday mojaroli ishga birinchi bor aralashib qolayotgani hamda boshqa bir qator omillar hisobga olinib, futbolchiga nisbatan yengilroq jazo tayinlandi. Endilikda u 2019-yilning 9-iyul sanasiga qadar futbolga aloqador barcha turdagi faoliyatdan diskvalifikatsiya qilinadi. Mazkur vaqt davomida Turg‘unboyev Superliga hamda Pro-liga “A” klublari bilan shartnoma imzolay olmaydi.

    Mazkur masala o‘zbekistonlik qolgan futbolchilar uchun ham saboq bo‘lishi kerak. Bundan buyon yuqoridagi kabi holatlar jiddiy o‘rganib chiqiladi va reglamentga zid ish qilganlar yanada jiddiyroq jazolarga tortiladi. Aziz Turg‘unboyev ishidagi qolgan detallar, klublarning bu mojarodagi ishtiroki va roli, ular tomonilan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar yuzasidan komissiya o‘z qarori quyida ma’lum qilinadi.

    Murabbiy Ilhom Mo‘minjonov 1 yilga futboldan chetlashtirildi

    2018-yilning katta qismida “Navbahor” bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Ilhom Mo‘minjonov futbolga aloqador barcha turdagi faoliyatdan 1 yilga diskvalifikatsiya qilinadi. Bu haqdagi qaror Intizom va odob-ahloq qo‘mitasi tomonidan qabul qilindi.

    Qayd etish kerak, Turg‘unboyev mojarosini faqatgina Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha komissiyagina hal qila olmasdi. Voqeaga aloqador bo‘lgan barchaga odilona sanksiyalar qo‘llash uchun O‘FA Intizom va odob-ahloq qo‘mitasini ham ishga jalb qildi. Mazkur qo‘mita Ilhom Mo‘minjonov tomonidan yo‘l qo‘yilgan hamda kasb etikasiga to‘g‘ri kelmaydigan bir qator jarayonlarni aniqladi.

    Jumladan, Mo‘minjonov Aziz Turg‘unboyevni 2018-yilgi mavsumda ham “Navbahor” sharafini himoya qilishga ko‘ndiradi. Biroq keyinchalik undan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalana boshlaydi. Birlamchi, Mo‘minjonov o‘z shogirdini futbol agentlari bilan tanishtiradi. Ya’ni, Turg‘unboyev Mo‘minjonovning tavsiyasiga ko‘ra Aleksandr Mitrofanov boshchiligidagi agentlar bilan hamkorlik qila boshlaydi. Mitrofanov nomidan bitimni o‘zbekistonlik Rustam Shoymardonov imzolaydi. Suhbat davomida Turg‘unboyev Mitrofanovni umuman tanimasligini, shartnomani Shoymardonov bilan tuzganligini aytdi. Mo‘minjonov esa bu haqda Turg‘unboyevdan yaxshiroq ma’lumotga ega. Biroq asosiy detallarga kelganda, u ko‘p narsadan bexabar ekanligini qayd etmoqda. Mazkur bitimdan Mo‘minjonov moddiy manfaat ko‘rganmi yoki yo‘q degan savolga murabbiy rad javobini berdi.

    Ikkinchidan, Mo‘minjonov o‘zi boshchilik qilayotgan “Navbahor” klubining chempionlik yo‘lidagi prinsipial raqibi bo‘lgan “Paxtakor” qaramog‘iga Turg‘unboyevni o‘zi olib boradi. Bunda futbolchi bilan ko‘p yillik emas, bir yillik shartnoma tuzilgani, endi esa futbolchi yangi jamoaga erkin agent sifatida yo‘l olishi kabi masalalar yotibdi. Ya’ni, “Navbahor” o‘z kashfiyotining ortidan hech qanday moliyaviy foyda ko‘rmaydi. Mo‘minjonov yuqoridagi kelishuvdan qandaydir manfaat ko‘rgani borasidagi savolga ham rad javobini berdi. Biroq murabbiy o‘zi uchun raqib bo‘lgan klub manfaatlariga nima uchun xizmat qilib yurganini izohlay olmadi.

    Uchinchidan, Mo‘minjonov “Navbahor”da futbolchilar bilan aynan o‘zi hisob-kitob qilgani aniqlandi. Murabbiyning asl vazifasi futbolchilarning sport formasi bilan ishlash bo‘lsa-da, Mo‘minjonov klubda hisobchi ham bo‘lgan va homiylar tomonidan berilgan mablag‘larni o‘zi bilganicha taqsimlayvergan.

    Etika qo‘mitasining da’vosiga ko‘ra, yuqoridagilarning barchasi odob-ahloq normalariga to‘g‘ri kelmaydi. O‘zi pul topayotgan klub manfaatlariga xizmat qilish o‘rniga, uning ichida turib boshqa klub bilan oldi-beri qilishni afzal ko‘radigan murabbiy vaqtinchalik bo‘lsa-da futboldan chetda yurgani ma’qul deb topildi va Mo‘minjonov 1 yilga futboldan diskvalifikatsiya qilindi.

    Shamshod Sarikov va Ja’far Irismetov 6 oyga diskvalifikatsiya qilindi

    Mamlakat futbolini rivojlantirish yo‘lida “Paxtakor” va “Navbahor” rahbariyati katta hajmdagi ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan, “Paxtakor” investorlari va Namangan viloyati hokimining xizmatlarini alohida e’tirof etish kerak. Biroq ularning ishonchida bo‘lsa-da, aslida reglamentda belgilab qo‘yilgan talablarni pisand qilmaydigan, ulardan yaxshi xabardor bo‘lmasligi oqibatida, o‘z klublari sha’niga putur yetkazadigan kadrlar ham uchrab turibdi. Yuqoridagi ikki qo‘mita o‘zaro kelishib, mana shunday kadrlarning uch nafarini 6 oyga futboldan chetlashtirdi.

    “Paxtakor” sport direktori Ja’far Irismetov o‘zi faoliyat olib borayotgan klub Aziz Turg‘unboyevning transferi masalasi yuzasidan “Navbahor”ga rasmiy chiqish qilmagan bo‘lsa-da, futbolchining o‘zi, jamoa murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov hamda futbol agentlari bilan bemalol ish olib boravergan. Ya’ni, Turg‘unboyevning “Navbahor” bilan shartnomasi yakuniga 6 oydan ko‘proq vaqt bo‘lsa-da, Irismetov reglamentga zid ravishda klubni rasmiy ogohlantirmay, u bilan aloqaga chiqavergan. Suhbat davomida Irismetov buni o‘zi tan oldi.

    Shuningdek, Irismetov “Navbahor” bilan ikkinchi shartnomaga qo‘l qo‘ymaslik, bu reglamentning buzilishi bo‘lishi haqida Turg‘unboyevni to‘g‘ri ogohlantirgan. Biroq sport direktori sifatida o‘zi yuqoridagi xatoga yo‘l qo‘ygan, shuningdek, “Paxtakor” tarkibiga kelib qo‘shilmasa, futbolchini 2 yil futboldan chetlashtirib yuborish bilan qo‘rqitgan. Vaholanki, bu ishni u O‘FA orqali hal qilishi mumkin edi. Futbolchiga bo‘lgan bosim esa ortiqcha.

    “Navbahor” vitse-prezidenti Shamshod Sarikov esa Turg‘unboyev ishini silliq qilib yuborish borasidagi puch yong‘oq bilan futbolchining qo‘ynini to‘ldirib, uni ikkinchi shartnomaga undagan hamda unga qo‘l qo‘ydirgan. Shuningdek, PFL ro‘yxatdan o‘tkazgan boshqa klub futbolchisini hech kimni ogohlantirmay, Qrim yig‘iniga olib ketgan. Reglamentni yuqoridagi kabi masalalari unga tushuntirilganda, Sarikov ulardan bexabarligi, boshqa narsadan umid qilgani, boshqacha o‘ylagani kabi vajlarni keltirdi. Shundan kelib chiqib, O‘FA Sarikovga ham futbol borasidagi bilimlarini oshirib olish uchun imkoniyat berishga qaror qildi va uni ham Irismetov kabi 6 oyga futbolda chetlatdi. Qo‘shimchasiga, futbol haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lmagan, o‘z vazifasiga noloyiq deb topilgan “Navbahor” bosh direktori Rusal Akromov ham futboldan 6 oy “dam oladi”. U mazkur masalalarni o‘z nazoratiga olmagani, reglament haqida tasavvuri yo‘qligini tan olib o‘tdi.

    Bu ikki tarafning o‘yinlari sabab huquqiy savodi yetarlicha bo‘lmagan bir futbolchi aziyat chekdi. Shuning uchun ham faqatgina Turg‘unboyevning diskvalifikatsiya bo‘lib ketishi adolatdan bo‘lmasdi. “Paxtakor” va “Navbahor” rahbariyati o‘z sport direktoriga, vitse-prezidentiga ishonib ish ko‘rgan va voqeaning barcha tafsilotlaridan boxabar bo‘lmagan. Yuqoridagilarni inobatga olib, Aziz Turg‘unboyev bilan tuzilgan har qanday shartnomalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi. Ya’ni, 9-iyulga qadar Turg‘unboyev hech bir klub bilan aloqaga chiqmaydi, ammo shu sanadan e’tiboran erkin agentga aylanadi. Turg‘unboyev bilan kelishish vaqtida hozir bo‘lgan, biroq uning boshiga ish tushgan vaqtda himoya uchun kelmagan futbol agentlari bilan hamkorlik davom etishi yoki etmasligini uning o‘zi hal qiladi. O‘FA esa o‘zbekistonlik futbolchilarni bu kabi ishlarda shoshilmaslikka va o‘ylab qaror chiqarishga chaqiradi.

    Xulosa

    PFL ayni vaqtda reglament masalasida katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Bundan buyon shartnomalar, futbolchi va murabbiylarning etika masalalari jiddiy nazoratda bo‘ladi va har kim qilmishi uchun javob beradi. Futboldan chetlashtirilgan shaxslar bilan aloqaga o‘rnatgan, ulardan futbolga oid ishlarda foydalangan har qanday tarafni jiddiy sanksiyalar kutadi. Shuningdek, futbolga aralashgani aniqlansa, yuqoridagi shaxslar bundan ham og‘irroq sanksiyalarga duchor bo‘ladi.

    O‘FA “Paxtakor” va “Navbahor” futbol klublarini yuqoridagi kabi masalalarga jiddiy e’tiborda bo‘lishga chaqiradi. Keyingi safar klublar katta jarimalarga tortilishi yoki futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqidan mahrum qilinishi mumkin. Yuqoridagi qarorlar ikki qo‘mita a’zolari tomonidan belgilangan tartibda qabul qilindi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    05.02.2019, 14:13   Izoh (0)   39648
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoy osmonida porlab, hamyonini “qappaytirish”ni ko‘zlagan dunyoning 10 nafar futbol yulduzi haqida

    04.02.2019, 01:22

    Umid Ahmadjonov: “Sherzod Toshmatov sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab o‘z arizasiga ko‘ra lavozimini topshirdi”

    02.02.2019, 12:32

    Rasman: O‘zbekiston boks federatsiyasiga yangi vitse-prezident saylandi

    02.02.2019, 12:19

    O‘zbek boksida o‘zgarishlar boshlandi: ertaga boks federatsiyasi vitse-prezidenti iste’foga chiqariladi

    01.02.2019, 18:17

    Rasman: Osiyo Kubogi final uchrashuvini Ravshan Ermatov boshqaradi

    30.01.2019, 14:22

    Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatildi

    29.01.2019, 23:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesdagi mashg‘ulot bazasida yuz bergan portlashda uch nafar sherif yordamchisi halok bo‘ldi

    Dunyo | 19 iyul, 17:30

    Bezarardek tuyulsa-da, qondagi qand miqdorini oshirib yuboradigan mahsulotlar

    Layfstayl | 19 iyul, 17:01

    “To‘liq taftish o‘tkazilishi zarur”. Ekovazirlik Murod Nazarov fikrlariga keskin munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 16:41

    “Real” jamoaning 4 nafar a’zosi kelajagini muhokama qilmoqda

    Sport | 19 iyul, 16:40

    Samolyotda ko‘pchilik foydalansa-da, aslida foydasiz bo‘lgan 5 narsa

    Layfstayl | 19 iyul, 15:40

    Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 15:15

    Avstraliya Ukrainaga 49 ta Abrams tanklarini yetkazib berdi

    Dunyo | 19 iyul, 15:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.