1-fevral kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaning hal qiluvchi bahsida Qatar terma jamoasi Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvni o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib boradi.
Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da Abu Dabidagi “Zayed Sports City Stadium” o‘yingohida boshlanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)